Mahalliyorak — Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi qishloq. Mahalliyorak toponimning tub maʼnosiga oid maʼlumotlar deyarli yoʻq. Faqat ayrim rivoyatlar saqlanib qolgan. Ularning baʼzisiga koʻra, mazkur qishloq qizlarining nihoyatda goʻzalligidan ularga oshiq boʻlib qolgan qoʻshni qishloq yigitlari qizlar oldiga otda kelib, ularni sayr qildirgan.[1]. Bundan zavqlangan qishloq ahli ularni „yoronlar“ deb atagan ekan. Qishloq nomi shunday ijtimoiy voqea asosida shakllangan emish.[2].


Manbalar tahrir

  1. Toʼrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276 bet. ISBN 978-9943-7455-7-5. 
  2. Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 126 bet.