Mahallot masjidiQashqadaryo viloyati Qarshi shahri Mahallot MFYda joylashgan meʼmoriy yodgorlik. Masjid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1].

Mahallot masjidi
Umumiy maʼlumot
Maqomi davlat muhofazasida
Turi Masjid
Joylashuvi Mahallot MFY
Shahar Qarshi
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qurilishi tugagan 1911-yil
Mahallot masjidi

Mahallot masjidi 1911-yilda bunyod etilgan. Hozirgi kunda masjid Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Mahallot mahallasida joylashgan. Hozirgi kunda Mahallot masjidi imom xatibi Egamberdi Sattorov hisoblanadi[2].

Tarixi tahrir

Xasan xoji Ismoil oʻgʻli yozib qoldirgan maʼlumotnoma Mahallot masjidi tarixi batafsil yorotob berilgan. Maʼlumotnomada keltirilishicha, Mahallot masjidi 1911-yillarda Mirakxon tashabbusi bilan paxsadan quriladi. Keyinchalik Jome masjidi maqomini oladi. Inqilob davrida qarovsizlikdan xaroba xoliga kelib qolgan. Dastlab, Xasan xojining ajdodi Aminxon bobo boshchiligida va 1972-yilda mahalla fidoiylari saʼyi harakati bilan qayta taʼmirlanadi. Hozirgi kunda ham faoliyati davom etmoqda. Mahallot masjidining hozirgi holati yaxshi saqlangan.

Meʼmorchiligi tahrir

Masjidga ayvondan eshiklar orqali ichkariga kirilgan. Binoning asosiy oʻrta qismida oʻymakor ustunlar shift yogʻochlarini koʻtarib turadi. Masjidning tashqi qismi ayvon uslubida qurilgan, ayvoni yogʻoch ustun bilan koʻtarilgan. Eshik va ustunlari oʻyma naqsh bilan bezalgan. Masjid tomining shiftlari mayda yogʻochlar bilan goʻzal usulda yopilgan va turli buyoqlar bilan naqshlangan. Uning umumiy koʻrinishi juda yaxshi taassurot qoldiradi. Masjid yogʻoch ustunlariga mahorat bilan gul tasvirlari, turli xil shakllari oʻyilgan. Bunday anʼanaviylikni Buxoro meʼmorchiligida ham koʻrish mumkin.

Manbalar tahrir

  1. „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
  2. „Mahallot masjidi imom xatibi“.