Mahdiy sulton ibn Baxtiyor sulton ibn Xizrxon (? — 1511) — shayboniylardan. Shayboniyxonning jiyani, Muhammad Shayboniyxon Yassi va Sabronni olgach, Movarounnaxrga yurish qilishdan avval turli viloyatlarga tarqab ketgan shayboniy sultonlar qatori Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon va Hamza sulton(uning akasi)ni oʻz bayrogʻi ostiga chaqirtirgan (1495). Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon temuriylar qoʻl ostidagi Qorakoʻl viloyati hokimi edi. taxminan 1492—93 yillarda Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon va Hamza sulton Shayboniyxonni tark etib temuriylardan Sulton Mahmud Mirzo xizmatida boʻlganlar. 1495-yil ular Hisordan Andijonga Bobur xuzuriga kelishgan. Temuriylarning taxt uchun kurashida qatnashganlar. 1495-yil Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon Sheroz va Kanboy atrofidan Sulton Ali Mirzodan qochib Samarqandga kelgan. 1498-yil Boburning Ahmad Tanbalga qarshi kurashida unga Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon va Hamza sultonlar yordam berishgan. 1500-yil Shayboniyxon bilan birga Boburga qarshi Samarqandni olishda qatnashishgan. Movarounnaxr shayboniylar kul ostiga utgach, Shayboniyxon Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxonga Chagʻoniyon va Hamza sultonga Hisor viloyatini bergan (1503).

1509-yil oxirida Shayboniyxon Dashti Qipchoqqa qozoq xoni Qosimxonga qarshi yurish qilgan, biroq shayboniy sultonlarning institutizomsizligi oqibatida magʻlubiyatga uchragan, shu tufayli u Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon va Hamza sultonlardan Hisorni tortib olgan va ularning oʻrniga Ubay-dulla sultonni tayinlagan. Bu shayboniy sultonlarning noroziligiga sabab boʻlgan. 1510-yil Marv yaqinida Shayboniyxon shoh Ismoil /bilan jang qilib magʻlubiyatga uchraganida koʻpgina shayboniy sultonlar qatori Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon ham unda ishtirok etmagan. 1511-yil Bobur Ismoil I dan harbiy yordam olib Hisori Shodmon, Qunduz va Bagʻlonga hokimlik qilayotgan Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon va Hamza sultonlarga qarshi yurish qilgan va asir olingan, Mahdiy Sulton Ibn Baxtiyor Sulton Ibn Xizrxon va Hamza sultonlar qatl etilgan.

Adabiyot

tahrir
  • Mirza Muhammad Xaydar, Tarix-i Rashidi, T., 1996; Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Baburname, T., 1993.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil