Mahmud Merza Mahdi Ahmad Al Ajmi (1987-yil 8-mayda tugʻilgan) – bahraynlik professional futbolchi, oxirgi marta „Al-Safa“ jamoasi tarkibida oʻynagan. U 2007—2013-yillarda futbol boʻyicha Bahrayn terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Mahmood Al Ajmi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mahmood Merza Mahdi Ahmed Al Ajmi
Tavallud sanasi 8-may 1987-yil (1987-05-08) (37 yosh)[1]
Tavallud joyi Bahrayn
Ampluasi Yarimhimoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006–2009 Al-Shabab 44 (11)
2010–2011 Bahrain Riffa Club 33 (22)
2011–2012 KF Tirana 3 (0)
2012 Manama Club 55 (12)
2012–2013 Hidd SCC 22 (4)
2014 Al-Shabab 29 (1)
2014–2015 Al-Safa 32 (3)
2015–2018 Manama Club 88 (29)
2018 Gokulam Kerala 10 (3)
2019–2020 Al-Safa 26
Milliy terma jamoa
2007–2013 Bahrayn 12 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2018-yil 19-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2018-yil 13-yanvar uchun)

Klubdagi faoliyati

tahrir

Al-Shabab

tahrir

Al-Ajmi professional klubdagi faoliyatini 2006-yilda „Al-Shabab Manama“ jamoasida boshlagan va 2009-yilda Bahrayn Riffa jamoasiga koʻchib oʻtgunga qadar 44 liga oʻyinida maydonga tushib, 11 gol urishga muvaffaq boʻlgan.

Al-Riffa

tahrir

2010-yilda u „Al-Riffa“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va 2011-yilgacha 33 ta oʻyinda 22 ta gol urgan. U 2010-yilda Riffaning Bahrayn Qirol Kubogida gʻolib chiqqan jamoasi tarkibida ham boʻlgan[2]. Riffa bilan 2010-yilgi OFK kubogi qitʼa turnirida oʻynagan va Riffa yarim finalga qadar yetib borgan.

KF Tirana

tahrir

U 2011-yil 12-iyulda boshqa yangi transferlar bilan birga klub prezidenti Refik Xalili tomonidan ommaviy axborot vositalariga taqdim etilgan, Al Ajmi u yerda KF Tirananing yangi libosida taqdim etilgan. Al Ajmi klub tarkibida 10-raqamli futbolkani kiyish uchun tanlab olingan[3][4][5].

2011—2012-yillarda Tirana bilan 2010—2011 Albaniya kubogi va 2011 Albaniya Superkubogi kabi turnirlarda qatnashgan[6].

Manama klubi

tahrir

Albaniyaning Tirana jamoasidagi faoliyatidan soʻng u Manama bilan Bahrayn Premer-ligasiga qaytgan va 55 liga va kubok oʻyinlarida maydonga tushib, 12 gol urishga muvaffaq boʻlgan.

Hidd SCC

tahrir

2012—2013-yilgi mavsumda u „Al-Shabab“ dagi navbatdagi mavsumidan oldin Hidd SCC bilan Premer-ligada 22 oʻyinda maydonga tushgan.

Al Safa

tahrir

Manamaga qaytish

tahrir

Al-Ajmi 2015-yilda oʻzining avvalgi jamoasi Manama klubi tarkibiga qaytgan. Bu uning klubdagi faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli oʻyinlaridan biri boʻlib, ligada 88ta oʻyinda maydonga tushib, 29ta gol urgan. Manama bilan u 2016—2017-yilgi nufuzli Bahrayn Qirol kubogi[7] va 2017-yil Bahrayn Superkubogini qoʻlga kiritgan.

U OFK kubogi-2018da ham klub sharafini himoya qilgan, ammo Manama „B“ guruhida 5 ta oʻyinda magʻlub boʻlgani uchun pley-off bosqichiga chiqa olmagan.

Gokulam Kerala

tahrir

2018-yilda u Hindistonga koʻchib oʻtgan va I-Liga jamoasi Gokulam Kerala FC bilan shartnoma imzolagan[8]. U oʻzining ilk golini 12-fevral kuni Malabariyaliklar safida Mohun Bagan AC darvozasiga kiritgan[9]. U liganing 10ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urgan[10].

Gokulam bilan 2018-yilda Qahramon Superkubogid bahsida ham maydonga tushgan[11].

Xalqaro faoliyati

tahrir

Al-Ajmi terma jamoadagi debyutini 2007-yilning 16-oktyabrida Liviyaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. U Bahrayn uchun birinchi golini Eronga qarshi 2014-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida kiritgan.

U shuningdek, Bahraynni 2010-yilgi WAFF chempionati, 2012-yilgi Arab Millatlar kubogi va 2015-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichida ishtirok etgan. U 2007—2013-yillarda Bahrayn terma jamoasi safida jami 12ta oʻyinda maydonga tushib, 3ta gol urgan.

Manbalar

tahrir
  1. Mahmood Al-Ajmi player profile (Wayback Machine saytida 2018-02-25 sanasida arxivlangan) flashscore.com. Retrieved 20 March 2021
  2. „Bahrain – List of Cup Winners“. RSSSF. 2017-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-avgust.
  3. „Tirana, gati për edicionin e ri“ (Albanian). Futbolli Shqiptar (2011-yil 12-iyul). 2011-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-iyul.
  4. „Tirana, gati për edicionin e ri“ (Albanian). Top Channel (2011-yil 12-iyul). 2011-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-iyul.
  5. „Halili prezanton blerjet e veres dhe fanellen e re“ (Albanian). Albania Soccer (2011-yil 12-iyul). 2011-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-iyul.
  6. „SKËNDERBEU KORÇË VS. TIRANA 0 - 1“. Soccerway. 2022-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-mart.
  7. „In Pictures: Manama claim first King's Cup title“. AFC (2017-yil 3-mart). 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-mart.
  8. Kundu. „I-League 2018-19: Gokulam FC rope in Haitian midfielder Fabien Vorbe“. sportskeeda.com. Sportskeeda (2017-yil 23-yanvar). 2019-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-mart.
  9. „I-League: Gokulam Kerala beat Kolkata giants Mohun Bagan 2-1“. The Statesman. 2022-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-mart.
  10. „Aizawl end I-League campaign with win over Gokulam Kerala“. The Times of India. 2018-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-mart.
  11. „Super Cup 2018: List of foreigners registered by teams for qualifiers“. Goal.com. 2020-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-mart.