Mahmud Eshon masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangan shahridagi Margʻilon koʻchasida joylashgan masjid[1].

Masjid
Mahmud Eshon masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Namangan viloyati
Shahar Namangan shahri
Manzil Margʻilon koʻchasi

Arixtektor A. Balayev hamda K. Pchelnikovlar tomonidan berilgan maʼlumotga qaraganda ushbu masjid qurilish davri tahminan 1846-yilda Maxdumi eshon buyurtmasiga asosan usta Buva tomonidan bunyod etilgan. Masjidning qurilish davri 2 yil davom etgan[2][3].

Qurilishi

tahrir

Masjidning bosh peshtoqi gʻarb tomonga qaragan va 1990-yildan keyin qayta hashar yoʻli bilan tiklangan. Masjidning umumiy maydoni 89x61 metrni tashkil qiladi. Tashqi devorlarda gʻisht terish orqali arka hamda doiralar yasalgan. Shu doiralar ichiga esa sirkori usulida madoxil va 8 qirrali yulduzlar, devorga esa sharafalar bilan ishlov berilgan[3].

Mahmud Eshon masjidining bosh peshtoqi 3 ta boʻlakdan iborat. Darvozaning ikki yoniga eshiklar qoʻyilgan. Eshik va darvoza arkasimon shaklda temirdan yasalgan[3].

Masjidning gʻarb tomonida mavjud xonaqoh oʻlchami 13x13 metrni tashkil qiladi. Ilk taklif qilingan rejaga koʻra xonaqohning 3 ta tomonida 24 ta ustundan iborat edi. Keyinchalik, ayvon maydoni biroz kengaytirilib atroflari yopilgan. Xonaqohning gʻarb tomondagi devor yuzasi relyef tarzida bitikli naqshlar bilan bezatilgan. Shoʻro davriga kelib masjid yopilgan. 1928-yildan boshlab masjid binolaridan kolxozchilarga omborxona oʻrnida qoʻllanish ucbun berilgan. Masjid 1946-yilga kelib tiklandiqayta faoliyatini tiklagan va masjid sifatida faoliyat yurita boshlagan. 1972-yilda usta Gʻulom, 1987-yilda esa usta Mahmudjon hamda usta Yoʻldosh tomonidan qayta taʼmirlash ishlari olib borilgan. Hozirda Mahmud Eshon masjidi tarixiy madaniy meʼros obyekti sifatida davlat muhofazasiga olingan[3].

Manbalar

tahrir
  1. „Маҳмуд Эшон масжиди“. Qaraldi: 2024-yil 30-sentyabr.
  2. Балаев. Материалы экспедиции. 53-bet. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Namangan viloyati. Toshkent, UZBEKISTAN TODAY. — 361-bet. ISBN 978-9943-4509-8-1. 

Adabiyotlar

tahrir

Oʻzbekiston obidalaridagi bitiklar Namangan viloyati. Toshkent, Uzbekistan today, 2016 — 361-bet. ISBN 978-9943-4509-8-1.