Mahmud Bahodirovich Gaipov (tugʻ. 1996- yil 21-oktabr, Termiz shahrida) — oʻzbek bokschisi. 69 kg vazn toifasida ikki karra Oʻzbekiston chempioni boʻlgan (2014, 2017). Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro sport ustasi.

Mahmud Gaipov
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qaysi sport Boks
Tavallud sanasi 21-oktyabr 1996-yil (1996-10-21) (26 yosh)
Tavallud yeri Termiz shahri
Faoliyat yillari 10.11.2018
Faol tomoni 21.12.2019
Murabbiylari Toʻlqin Qilichev, Rustam Saidov
Boʻyi 176 sm
Vazni 69,75 kg

BiografiyaTahrirlash

Mahmud 1996-yil 21-oktyabrda Oʻzbekistonning Termiz shahrida tugʻilgan.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil oladi.

Toʻlqin Qilichev va Rustam Saidov qoʻl ostida mashgʻulotlar olib boradi.

Havaskor faoliyatiTahrirlash

Gaipov 69 kg vazn toifasida ikki marta — 2014[1][2] va 2017[3][4] yillarda Oʻzbekiston chempioni boʻlgan.

Shuningdek, 2015-yilda bronza[5][6], 2016-yilda esa Oʻzbekiston chempionati kumush medali[7][8] sovrindori boʻlgan.

2014-yilda Bangkokda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida (ASBC) kumush medalni qoʻlga kiritdi[9].

2014-yil Sofiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi[10].

2016—2018-yillarda „Uzbek Tigers“ yarim professional boks klubi tarkibida Butunjahon boks seriyasi turnirlarida ishtirok etgan.[11][12].

2017-yilgi Islom birdamlik oʻyinlari ishtirokchisi boʻlgan[13].

Shuningdek, Gaipov boks boʻyicha bir qator respublika va xalqaro turnirlar gʻolibi va medal sovrindori boʻlgan[14][15][16].

Professional martabaTahrirlash

2018-yil avgust oyida Gaipov professional faoliyatini boshladi[17].

Uning professional debyuti 2018-yilning 10-noyabrida Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan va gʻalaba bilan yakunlangan[18].

ManbalarTahrirlash