Mahmud az-Zanjoniy

faqih, usulchi, mufassir, muhaddis va tilshunos

Mahmud ibn Ahmadibn Mahmud ibn Muxtor az-Zanjoniy, ash-Shofiʼiy (Abulmanoqib) — faqih, usulchi, mufassir, muhaddis va tilshunos boʻlgan. Bag‘dodni vatan tutingan. Qozining noibi boʻlib ishlagan. Nizomiyada taʼlim olgan. Mustansiriyada hadis eshitgan. Bag‘dodda milodiy 1258-yil (hijriy 656-yil) shahid boʻlgan.

Mahmud az-Zanjoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1258-yil (hijriy 656-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih, usulchi, mufassir, muhaddis va tilshunos

Asarlari tahrir

  • „as-Sehr al-halol fi gʻaroibi-l-maqol fi furuʼi fiqhi-sh-shofiʼiy“ („Shofiʼiy furuʼ al-fiqhida gʻaroyib gaplardagi halol sehr“)
  • „Tazhibu-s-sihoh li-l-Javhariy fi-l-lugʻat“ ("Javhariyning tilga oid „Sihoh“ini yaxshilash")
  • „Tafsiru-l Qurʼon“ („Qurʼon tafsiri“)
  • „Taxriju-l-furuʼ ala-lusul“ („Furuʼni usuldan ajratish“)[1]

Manbalar tahrir

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 107 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.