Mahmud hakim yayfoniy (1850—1930) – tarixchi, tabib, adib. Unga qoʻqonlik tabib Boqiyxon ustozlik qilgan. Hakimiy taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. „Devoni Hakimiy“ nomli gʻazallar devoni, „Tariq ul-iloj“ („Davolash usuli“), „Abu Ali ibn Sino qissasi“, „Maʼdan ul-adviya“ („Doridarmonlar manbai“), „Qonun ul-iloj“ („Davolash qonuni“), „Mujarraboti Mahmudiy“ („Mahmud tajribalari“), „Xullas uttavorix“ („Tarixlar sarasi“) kabi asarlar muallifi[1].

Tugʻilgan joyi: Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani Pastkiqoʻriq qishlogʻi[2]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Yaypan kecha va bugun.