Mahmud ibn Muhammad Xorazmiy(arabcha:محمود بن محمد الخورزمي — Mahmud ibn Muhammad Xorazmiy — Toʻliq ismi: Mahmud ibn Muhammad ibn Abbos ibn Arslon Mazxariddin Xorazmiy) — Faqih.

Mahmud ibn Muhammad Xorazmiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

Mahmud ibn Muhammad Xorazmiy — Ibn Abbosiy nomi bilan tanilgan[1]. U 1099-yili Xorazmda tugʻilgan[2].

Ustozlari

tahrir

Ismoil ibn Ahmad Bayhaqiy, Ahmad ibn Abdulvohid Forsiy, Muhammad ibn Ali Mutohhiriy, Muhammad ibn Abdulloh Hafsaviy, Ibn Talloyalardan hadis ilmini oʻrgangan. Fiqh ilmini Hasan ibn Masʼud Bagʻaviydan oʻrgangan.

Shogirdlari

tahrir

Yusuf ibn Maqlad Damashqiy, Ahmad ibn Toriq Karkiy, Imom Faxriddin Roziy, Imom Samʼoniy, Imom Muhammad ibn Abdulloh ibn Umar

Asarlari

tahrir

Fiqh sohasiga oid „Kofiy fin nazmish shofiy“ („Komil tizimdagi etuk asar“)dir[3].

Vafoti

tahrir

U 1173-yili Xorazmda vafot etgan va shu yerda dafn qilingan.

Manbalar

tahrir
  1. Xayriddin Zirikliy. Al-Aʼlom. Bayrut: Dorul ilm lil muloyin, 2002. J.7. — B. 181
  2. Tojiddin Abu Nasr Abdulvahhob ibn Ali Subukiy. Tobaqot ash-shofeʼiyyatil kubro. — Bayrut: Darul kutubil ilmiya, 2012. J.7. — B. 289
  3. Umar Rizo Kahhola. Muʼjamul muallifiyn. — Bayrut, Livan. Maktabatul musanna, 1957. J.12. — B. 196