Mahmudxon Ismoilov

oʻzbekistonlik muhandis olim, texnika fanlari doktori, professor

Mahmudxon Ismoilovich Ismoilov (1947-yil 22-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2015-yil 2-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik muhandis olim, texnika fanlari doktori, professor.

Mahmudxon Ismoilovich Ismoilov
Tavalludi 22-iyun 1947-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 2-avgust 2015-yil(2015-08-02)
(68 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi muhandis olim
Sohasi elektr
Taʼlimi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Mahmudxon Ismoilov 1947-yil 22–iyunda Toshkent shahrida ziyoli oilada tugʻilgan. Mahmudxon Ismoilov 1965—1970-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oʻqigan. 1970—1972-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti „Elektr energiyasini ishlab chiqarish va tarqatish“ kafedrasi assistenti, 1976-1980-yillarda „Qishloq xo‘jaligida elektr energiyasini qo‘llash“ kafedrasi katta o‘qituvchisi, 1980—1985-yillarda „Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish“ fakulteti dekani oʻrinbosari, 1985—1992-yillarda ushbu fakultet dekani, 1992—1993-yillarda sirtqi ta’lim fakulteti dekani, 1993—1996-yillarda sirtqi ta’lim boʻyicha prorektor, 1996—2001-yillarda sirtqi ta’lim fakulteti dekani, 2001—2003-yillarda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, 2003—2004-yillarda sirtqi ta’lim fakulteti dekani, 2004—2014-yillarda moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat koʻrsatgan[1].

Vafoti tahrir

Mahmudxon Ismoilov 2015-yil 2-avgustda vafot etgan[1].

Ilmiy faoliyati tahrir

Mahmudxon Ismoilov 70 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan, 2 ta monografiya, 3 ta metodik tavsiyalar muallifi. 1972—1976-yillarda Moskva shahridagi Butunittifoq qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti aspiranturasida oʻqigan, 1977-yilda nomzodlik ishini yoqlab, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan[1].

Mukofotlari tahrir

  • „Shuhrat“ medali (1995);
  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2011)[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 

Andoza:OʻTOE