Mahsulot — iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, ilmiy tadqiqot natijalari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, informatsion M.lar, adabiyot va sanʼat asarlari — intellektual M.lar yaratiladi.

Xizmat koʻrsatish sohasida yaratiladigan va moddiy koʻrinishga ega boʻlmagan M.ahsulotlarlar, odatda, moddiy-ashyo shakliga ega boʻlmaydi. Oʻziga xos xususiyati shundaki, uning foydali samarasini xizmatni yaratish, koʻrsatish jarayonlaridan ajratib boʻlmaydi. Masalan, vrachlar, oʻqituvchilar xizmati M. oraliq va pirovard M.larga boʻlinadi. Oraliq M. — ishlab chikaruvchilardan ishlab chiqaruvchilarga sotiladigan M. boʻlib, ishlab chiqarishning keyingi bosqichlarida foydalanilishi bilan lirovard M.dan farq qiladi. Mamlakatda bir yil davomida ishlab chiqarilgan va yalpi qiymati bozor narxlarida hisoblanganjami milliy iqtisodiyetning pirovard M.i yalpi ichki mahsulot (YAIM) ni tashkil qiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil