Mais Ibodov ( 1978-yil 2-avgust, Ozarbayjon SSR, SSSR, Lankaran viloyati, Separadi qishlogʻi) — oʻzbek va ozarbayjon kurashchisi. Ibodovning murabbiyi Ma’mur Roʻziyev boʻlgan.

Mais Ibodov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Ozarbayjon / Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1978-yil 2-avgust
Separadi, Lankaran tumani, Ozarbayjon SSR, SSSR
Boʻyi 158 sm
Vazni 58 kg
Sport
Qaysi sport kurash
Murabbiy(lar)i Ma’mur Roʻziyev
Medallar

Osiyo chempionati

2Kumush medal sovrindori Manila 1995 (52 kg)

Markaziy Osiyo oʻyinlari

2Kumush medal sovrindori Bishkek 1999 (58 kg.gacha)

Millati — talish.

Tarjimai holi

tahrir

Professional darajada Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. 1995-yilda Manilada oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida 52 kg vaznda kumush medalni qoʻlga kiritgan[1]. Kattalar va oʻsmirlar oʻrtasidagi musobaqalarda ham bir qator sovrinlarga ega boʻlgan. Jumladan:

  • O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati – 1996 (1-o‘rin)[2], 1997 (2-o‘rin)[3], 1998 (2-o‘rin)[4];
  • Oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati – 1998-yil (1-oʻrin)[5];
  • Osiyo oʻyinlari - 1998-yil (6-o'rin)[6];
  • Markaziy Osiyo oʻyinlari - 1999-yil (2-oʻrin)[7].

2013-yilda Ozarbayjon terma jamoasi safida kurash boʻyicha Bosniya va Gersegovinada faxriylar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan[8].

Manbalar

tahrir
  1. „Asian Championship Freestyle Seniors 1995-06-27 Manila (PHI)“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-may.
  2. „World Championship Freestyle Juniors 1996-08-13 Moscow (RUS)“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-may.
  3. „World Championship Freestyle Juniors 1997-08-07 Helsinki (FIN)“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-may.
  4. „World Championship Freestyle Juniors 1998-08-07 Las Vegas - Primm (USA)“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-may.
  5. „Asian Championship Freestyle Juniors 1998-06-18 Alma-Ata (KAZ)“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-may.
  6. „Asian Games Freestyle Seniors 1998-12-16 Bangkok (THA)“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-may.
  7. „Central Asian Games Freestyle Seniors 1999-10-02 Bishkek (KAZ)“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-may.
  8. „Азербайджанский борец стал чемпионом мира в Боснии и Герцеговине“. 2014-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-may.