Maitreyi[1] — qadimgi Hindistonda Vediklar davrida yashagan hind faylasufi. U Brihadaranyaka Upanishad asarlarida Vedik adib, Yajnavalkyaning ikki xotinidan biri sifatida tilga olingan; Maitreyi miloddan avvalgi 8-asrda yashagan deb taxmin qilinadi. Hind eposi Mahabharata va Gṛhyasutralarda esa Maitreyi turmushga chiqmagan Advaita faylasufi sifatida tasvirlangan. Qadimgi sanskrit adabiyotida u brahmavadini (Vedaning izohchisi) sifatida tanilgan.

Maitreyi Brihadaranyaka Upanishad kabi qadimgi hind matnlarida Yajnavalkya bilan suhbatda hindlarning Atman (ruh yoki oʻzlik) tushunchasini oʻrganadigan dialogda paydo boʻladi. Ushbu dialogga koʻra, sevgi insonning ruhi tomonidan boshqariladi va Maitreyi Atman va Brahmanning tabiati va ularning birligi, Advaita falsafasining oʻzagini muhokama qiladi. Ushbu Maitreyi-Yajnavalkya dialogi Sureshvaraning varttikasidir (sharhidir).

Maitreyi Hindistondagi ayollar uchun mavjud boʻlgan taʼlim imkoniyatlari va ularning falsafiy yutuqlariga misol sifatida keltiriladi. U hind intellektual ayollarining ramzi hisoblanadi va Nyu-Dehlidagi institut uning sharafiga nomlangan.

Maitreyi-Yajnavalkya dialogi

tahrir

Rigveda kolleksiyasida oʻnga yaqin madhiyalar Maitreyiga tegishli[2]. U Brihadaranyaka Upanishad qoʻlyozmalardagi dialogda hindlarning Atman (ruh yoki oʻzlik) tushunchasini oʻrganadi. Maitreyi-Yajnavalkya dialogi deb ham ataladigan muloqotda sevgi insonning ruhi tomonidan boshqarilishini taʼkidlaydi va unda Atman va Brahmanning tabiati va ularning birligi, Advaita falsafasining oʻzagi muhokama qilinadi[3][4].

Bu dialog bir qancha hind matnlarida uchraydi; eng qadimiysi miloddan avvalgi 700-yilga oid asosiy va eng qadimgi Upanishadlardan biri boʻlgan Brihadaranyaka Upanishadning 2.4-bobida tasvirlangan va 4.5-bobida tahrirlangan[5][6]. Maitreyi-Yajnavalkya dialogi Madhyamdina va Kanva Vedik maktablarining ikkita qoʻlyozma nusxasida saqlanib qolgan; ularda sezilarli adabiy farqlar mavjud bo‘lsa-da, bir xil falsafiy mavzuga ega[4].

 
Adi Shankara oʻzining toʻrtta eng yaxshi shogirdlari, jumladan Sureshvara bilan; ikkalasi ham Brihadaranyaka Upanishaddan Maitreyi-Yajnavalkya dialogiga sharhlar yozgan.

Olimlar ushbu dialog qadimgi Vedik anʼanalarida ayollar ruhiy munozaralarning faol ishtirokchisi va Brahman olimlari sifatida qabul qilinganligidan dalolat beradimi yoki yoʻqligi haqida turli xil fikrlarga ega[7][5]. Indolog va Dinlar tarixi professori Vendi Donigerning taʼkidlashicha, ushbu dialogda Maitreyi muallif sifatida tasvirlanmagan, balki Brahmanning ikki xotinidan kuchli ilmi bilan ajralib turadigan Upanishadik hikoyasining bir qismidir[8]. Boshqa bir amerikalik hindolog va din professori Karen Pechelis, aksincha, Maitreyi teologik fikrlovchi sifatida tasvirlangan, chunki u ushbu dialogda Yajnavalkyaga qarshi chiqadi va toʻgʻridan-toʻgri savollar beradi[9].

Sureshvara (Suresvaracharya, milodiy 750 y.) kabi birinchi ming yillikdagi hind olimlari bu erkak va ayol muloqotini har ikki tomonda ham chuqur mazmunli deb bilishgan; Maitreyi boylikdan bosh tortadi, erining maʼnaviy bilimlarini baham koʻrishni xohlaydi va Upanishdik hikoyasining toʻrtta maʼlum versiyasida u Yajnavalkyaning Atman nazariyasiga qarshi chiqadi[4][3]. Yajnavalkya Maitreyining shijoatini tan oladi va uning savollari uning oliy bilim izlovchisi va Atmanni sevuvchi ekanligidan dalolat beradi.

Upanishaddagi Maitreyi dialogi gender munosabatlarining oʻlchovi boʻlishdan tashqari muhim ahamiyatga ega. Hind falsafasining nufuzli Advaita Vedanta maktabining olimi Adi Shankara oʻzining „Brihadaranyakopanishad bhashya“ asarida Brihadaranyaka Upanishadning 2.4-bobidagi Maitreyi-Yajnavalkya dialogining maqsadi insonning bilimi va ahamiyatini taʼkidlash ekanligini yozgan[10].

Xotirasi

tahrir

Maitreyi „qadimgi Hindistonning eng bilimdon va fazilatli ayollaridan biri“ sifatida bir qator Purana janrida tilga olinadi[11] va Hindistondagi intellektual ayollarni ramziy qiladi[8]. Yangi Dehlidagi kollej uning nomi bilan atalgan[12] Maitreyi Vedik qishlogʻi, Tamil Nadudagi dam olish maskani[13].

Manbalar

tahrir
  1. Staal 2008.
  2. Devika Rangachari. Swami Vivekananda: A Man with a Vision. Penguin Books, 2011 — 139-bet. ISBN 978-81-8475-563-3. 
  3. 3,0 3,1 Hino 1991.
  4. 4,0 4,1 4,2 Brereton 2006.
  5. 5,0 5,1 Marvelly 2011.
  6. Hume 1967.
  7. Majumdar 1977.
  8. 8,0 8,1 Doniger 2010.
  9. Karen Pechilis. The Graceful Guru: Hindu Female Gurus in India and the United States. Oxford University Press, 2004 — 14–15-bet. ISBN 978-0-19-514537-3. 
  10. Paul Deussen. The System of the Vedanta: According to Badarayana's Brahma-Sutras and Shankara's Commentary thereon. KB Classics Reprint, 2015 — 173–174-bet. ISBN 978-1-5191-1778-6. 
  11. Geaves 2009.
  12. Ahuja 2011.
  13. „An Eco-Spiritual Retreat“. Maitreyi - The Vedic Village. Qaraldi: 2015-yil 11-dekabr.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir