Majid Majidiy (fors: مجید مجیدی, fors talaffuz: [mæˌdʒiːde, mædʒiːˈdi]; 1959-yil 17-aprelda Talesh shahristonida tugʻilgan) — eronlik kinorejissor, senariynavis va aktyor.

Tarjimai holi

tahrir

Majid Majidiy Hashtparda oʻrtahol oilada tugʻilib oʻsgan. 14 yoshidan boshlab havaskor teatr spektakllarida qatnasha boshlagan. Keyin Tehron dramatik sanʼat institutida tahsil olgan. 1980-yillarning boshlarida Majidiy kino aktyori sifatida debyut qilgan, Muhsin Maxmalbof („Ikki koʻr koʻz“, „Yovuzlikdan Xudoga qochish“, „Boykot“) filmlaridagi rollari tufayli shuhrat qozondi. Shu bilan birga, Majidiy oʻzi bir nechta filmlarga, asosan qisqa metrajli filmlarga rejissorlik qilgan.

Majidiyga 1990-yillarga kelib katta shuhrat qozondi. U yaratgan koʻplab filmlar turli xalqaro kino mukofotlariga sazovor boʻlgan yoki nomzod boʻlgan. 1997-yilda Majidi rejissyorlik qilgan „Osmon bolalari“ Oskar mukofotining eng yaxshi chet tilidagi film nominatsiyasida nomzod bo‘ldi Film mukofotni olmagan bo‘lsa-da, mukofotga nomzodi qo‘yilgan ilk Eron filmi edi. Oʻshandan beri Majidiy bir nechta boshqa badiiy filmlarni suratga oldi: „Jannatning rangi“,Baran“ va „Majnuntol“ shular jumlasidan. Majid Majidiyning filmlari qahramonlari, asosan, kambagʻal aholi hisoblanadi. Uning filmlari chuqur dramatizmi, falsafasi bilan ajralib turadi.

Tanlangan filmografiyasi

tahrir
  • 1992-yil — Baduk
  • 1996-yil — „Ota“
  • 1997-yil — "Samo farzandlari " (1998-yilda „ Eng yaxshi chet tilidagi film“ nominatsiyasi boʻyicha Oskar kino mukofotiga nomzod[1])
  • 1999-yil — „Jannat rangi“ (1999-yilgi Monreal kinofestivalining bosh mukofoti)
  • 2001-yil — „Yomgʻir“ (2001-yilgi Monreal kinofestivalining bosh mukofoti[2])
  • 2002-yil — „Hirotga yalang oyoqlarda“
  • 2003-yil — „Lagerdagi Olimpiada“
  • 2005-yil — „Majnuntol/Boshqa hayot“
  • 2008-yil — „Chumchuqlar qoʻshigʻi“
  • 2015-yil — „Muhammad — Alloh taoloning elchisi“

Manbalar

tahrir
  1. „База данных кинопремии «Оскар»“. 2012-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-may.
  2. „Информация на сайте к/ф“. 2012-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-may.

Havolalar

tahrir