Maket (ital. macchietta — xomaki loyiha) — 1) meʼmorlikda loyihalanayotgan yoki mavjud inshoot, ansambl, meʼmoriy majmuaning kichraytirilgan hajmda tayyorlangan nus-xasi. M.lar gips, yogʻoch, plastmassa, karton kabi mahsulotlardan asl koʻrinishiga oʻxshatib tayyorlanadi. M. meʼmorlik loyihalarini tekshirish, takomillashtirishga xizmat qiladi, shuningdek, meʼmoriy muzeylar koʻrgazmasining asosiy muhim qismi hisoblanadi; 2) poligrafiya da matn grankalari va rasmlar nusxasi yopishtirilgan, boʻlgʻusi nashr bichimidagi qogʻoz varakdari; unga sahifalashga doyr texnik koʻrsatmalar ilova qilingan boʻladi; 3) nashrning badiiy bezaladigan eskiz loyihasi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil