Makler (nemischa: Makler) — sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi vositachi; tovarlar, qimmatli qogʻozlar, xizmatlar va boshqa oldisotdisida vositachilik qiladigan shaxs. Birja maklerlari birja xodim lari tarkibiga kiradi, tovar seksiyalarida savdo qiladi. Birja aʼzolari boʻlgan ayrim maklerlar oʻz hisobidan qimmatli qogʻozlarni sotib oladi va sotadi, haridor va sotuvchi brokerlarining oldi-sotdi boʻyicha ogʻzaki kelishuvlarini roʻyxatga oladi. Makler kelishuvda qatnashgan tomonlarning har biridan oldisotdi qiymatining muayyan foizi miqdorida haq oladi.[1]

Birja maklerlarini litsenziyalashtirish Tahrirlash

AQSh Tahrirlash

AQShda birja brokerlari U.S. Securities and Exchange Commission va Financial Industry Regulatory Authority tomonidan litsenziyalashtiriladi. Qimmatli qogʻozlar va birja komissiyasi va moliya sanoatini tartibga solish organi. Shuningdek brokerlik firmalari ham mahalliy yurisdiksiya qoidalariga boʻysunadi, ular shtatdan shtatga qarab farq qilishi mumkin. AQSHning barcha shtatlari uchun odatiy hol CFD kredit yelkasi bilan savdo qilishni taqdim etadigan brokerlik firmasiga litsenziyani rad etishdir. Bunday koʻrinishdagi birdamlikni shu narsa bilan izohlash mumkinki, chakana investorlarning 76 % CFD savdosi paytida pul yoʻqotadilar.[2][3]

Birlashgan Qirollik Tahrirlash

Buyuk Britaniyada birja brokerlari Financial Conduct Authority tomonidan tan olinishi uchun oʻqitilishi kerak. Broker litsenziyasini Moliyaviy xizmatlar reestrida tekshirish mumkin.[4][5]

Fransiya Tahrirlash

1996-yilda moliyaviy faoliyatni modernizatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingandan soʻng, birja brokerlari oʻrniga investitsiya kompaniyalari keldi.[6]

Manbalar Tahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Top 15 Broker-Dealer Firms for 2021“. investopedia.com. Qaraldi: 8-noyabr 2021-yil.
  3. „Is Trading 212 a Scam?“. comparebrokers.co. Qaraldi: 8-noyabr 2021-yil.
  4. „Regulated Broker“. fca.org.uk. Qaraldi: 8-noyabr 2021-yil.
  5. „Welcome to the Financial Services Register“. register.fca.org.uk. Qaraldi: 8-noyabr 2021-yil.
  6. „Loi n° 96-597 du 2 juillet 1996 de modernisation des activités financières“. legifrance.gouv.fr. Qaraldi: 8-noyabr 2021-yil.