Maklyura (Macluea) — tutdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Bitta turi — mevali M. yoki toʻq sariq M. bor. Ilgari boshqa turkumlarga mansub deb hisoblaigan 12 tur oʻsimlik ham, baʼzan M.ga kiritiladi. Mevali M. — ikki uyli, bargi tukiladigan daraxt. Boʻyi 20 m cha, quyuk. shox-shabbali, novdalari tikanli. Bargi spiralsimon oʻrnashgan, yaxlit, tuxumsimon, lentasimon. Mevasi dumaloq, tilla rangsariq, bujmaygan, apelsinga uxshayli, isteʼmol qilinmaydi. Shim. Amerika, AQSH ning jan.da oʻsadi. Oʻzbekistonda manzarali oʻsimlik sifatida va yashil devor uchun oʻstiriladi. Yogʻochi sariq, pishiq, ogʻir, tokarlikda ishlatiladi; yogʻochi va ildizidan sariq boʻyoq olinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil