Makruh (arab tilida – rad etilgan, qoralangan, nomaqbul) – shariat hukmlaridan biri (farz, mandub, muboh, harom bilan birga). Qattiyan taqiq qilinmagan, lekin nomaqbul hisoblangan va rad etilgan amallar makruh hisoblangan. Makruh – Paygʻambar qaytargan ish demakdir. Har bir musulmon makruh ishlarni qilishdan saqlanishi lozim. Makruh ishni gunohdan qoʻrqib qilmagan kishi savobli, qilavergan kishi gunohli boʻladi, deb sanaladi. M. ishlarning makruhligini inkor qilgan kishi iymondan chiqmasada, gunohkor boʻladi. Makruh ishlar uchun qattiq jazo belgilanmagan. Makruh amallarga diniy burchni bajarish paytdagi baʼzi xislatlar, xasislik, berahmlik, dabdabalik va isrofgarchilikka moyillik, oilaviy va ijtimoiy burchga mensimaslik bilan qarash, birovni yoʻq yaxshi sifatlar bilan maqtash va boshqa kiradi. Mazhabga koʻra, makruhga aslida man etilgan baʼzi taom va ichimlik turlari ham kiradi. M. tushunchasi halol bilan haromni ajratib berishi bilan islomiy axloqning shakllanishida muhim oʻrin tutadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil