Maksim Leonardovich Shevchenko (ruscha: Макси́м Леона́рдович Шевче́нко; 22-fevral, 1966-yil; Moskva, SSSR) — Rossiyalik jurnalist va teleboshlovchi. 2008–2010-yillarda Rossiya Federatsiyasi Jamiyat palatasi aʼzosi.

Maksim Shevchenko
Fayl:Maxim Shevchenko talks on the Syrian armed conflict – 19-iyul 2012-yil.jpg
Tavalludi
Shevchenko Maksim Leonardovich

22.02.1966
Fuqaroligi  Russia Rossiya
Turmush oʻrtogʻi Nadejda Kevorkova

Biografiyasi tahrir

Maksim Leonardovich Shevchenko 1966-yilning 22-fevral kuni Moskvada tugʻilgan. Uning bobosi gʻarbiy Belorussiya dehqonlaridan kelib chiqgan. Bobosi professor boʻlib, Ulyanovsk pedagogika institutida fizikadan dars bergan va beshta tilni mukammal bilgan. Dunyoqarashi boʻyicha kommunist boʻlgan. Buvisi esa Sibirdan boʻlib, keyinroq ular Moskvaga koʻchib kelishgan. Otasi millati boʻyicha ukrain. Turkmaniston, Manqishloq va Sibirda geofizik boʻlib ishlagan[1][2].

Maksim Shevchenko olmon tili chuqur tadqiq qilinadigan maxsus maktabda tahsil olgan[3]. 1990-yilda Moskva aviatsiya isntitutini tugatgan. Leksiyalar kursini Moskva davlat universitetining Osiyo va Afrika instituti madaniyat va arab tili boʻyicha oʻtgan.

1989–1991-yillarda «Vestnik xristianskoy demokratii» gazetasida muharrir, 1991–1995-yillarda «Radonej-Yasenevo» gimnaziyasida tarix oʻqituchisi, 1994–1995-yillarda «Pervoye sentyabrya» gezetasida muharrir boʻlib ishlagan. Shu ishlar bilan birga, 1991-1996-yillarda «Tvyordiy znak» gazetsi bosh mudiri boʻlgan.

«Nezavisimaya gazeta»da 1996-yildan maxsus polosani yuritgan. Ushbu gazetada ishlayotgan vaqtda bir necha marotaba «qizdirilgan nuqtalarga» maxsus safarlarni amalga oshirgan. Jumladan: 1996–1997-yillarda Afgʻonistonga, 1996-1998-yillrda esa bir necha marta Shimoliy Kavkazga, yaʼni Checheniston va Dogʻistonga safar qilgan.

Maksim Shevchenko koʻplab adabiy va ijtimoiy maqolalar avtori[4]. Ukrainada 2004-yilgi prezidentlik saylovlarida Viktor Yanukovich shtabi aʼzosi boʻlgan[5].

2005-2011-yillarda Rossiyaning birinchi kanalida «Sudite sami» analitik koʻsatuvini olib borgan. 2008-2010-yillarda Rossiya Federatsiyasi Jamiyat palatasi aʼzosi edi. Mediaideolog Marina Lesko bilan birga «Ostona virtual olamda Second Life» proektini qoʻllagan[6].

2012-yilning 26-yanvaridan to oʻsha yilning yozigacha, Birinchi kanalda «V kontekste» koʻrsatuvini olib borgan.

Jamiyatdagi oʻrni tahrir

  • 2008—2010-yillarda Rossiya Federatsiyasi Jamiyat palatasi aʼzosi.
    • Kavkazda fuqarolik jamiyati instituti va jamiyat dialogi guruhi rahbari (2010-yil);
    • Jamiyat palatasinig Millatlararo munosabat va soʻz erkinligi komissiyasi aʼzosi (2008—2010-yillarda).
  • «Proekt-zakona.ru» federal portali soveti aʼzosi.
  • Anti-oranj komiteti aʼzosi.
  • «Izorskiy klub»ning muntazam aʼzosi.

Oilasi tahrir

Maksim Shevchenkoning xotini jurnalist Nadejda Kevorkova. Bir nafar oʻgʻli bor[7].

Manbalar tahrir

  1. Кто здесь настоящий национал-предатель. (Wayback Machine saytida 2015-07-03 sanasida arxivlangan) // www.snob.ru Опубликовано в 11:27 27.03.14. Проверено 23.08.2014 г.
  2. Максим Шевченко. Интервью. Беседовала Бэлла Дадаева. (Wayback Machine saytida 2014-10-21 sanasida arxivlangan) // rumorsworld.ru Опубликовано 5 марта 2014 г. Проверено 23.08.2014 г.
  3. Шевченко vs Белковский. (Wayback Machine saytida 2015-03-31 sanasida arxivlangan) / russia.ru
  4. Список публикаций.
  5. Особое мнение. Максим Шевченко. 20.02.2014.
  6. „Виртуально-реальный диалог о свободе и ограничениях в глобальной сети | Виртуальные миры. Second Life (Вторая Жизнь), OpenSim. Онлайн игры“. 2020-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-mart.
  7. Шевченко/Михайловская. Реалити сильнее жизни., 2015-04-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-27