Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berish
Bu sahifani tezda oʻchirish taklif etiladi.
Sababi: VP:TOʻM#M6, VP:TOʻM#U10 va VP:TOʻM#U11. Agar ushbu sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni munozara sahifasida qoldiring. Sahifa muallifiga: Mazkur ogohlantirish xabarini aslo oʻzingiz olib tashlamang.Administratorlarga: bu yerga ishoratlar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • oʻchirish Bu sahifa oxirgi marta AnvarxonM (hissasi | qaydlar) tomonidan 05:59, 21-noyabr 2024 (UTC) (11 daqiqa avval) da tahrir qilingan. |
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA SENSOR TARBIYA BERISH
tahrirIslomova Sabina Jamshid qizi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi.
Ergasheva Barno Ziyaviddinovna
"Maktabgacha taʼlim metodikasi" kafedrasi oʻqituvchisi
Annotatsiya.
tahrirBolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq tarzda oʻz-oʻziga xizmat qilishda e'tibor va talablari yuqorilab boradi.Sezgi idrok qanchalik boy bo‘lsa, bolaning tevarak-atrofdagi, olam haqidagi tasavvurlari shunchalik keng bo‘ladi. Maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlantirish davridir. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o‘rinni egallaydi. Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi, diqqat va idrokning rivojlanish darajasini bilish, faoliyatining muvaffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi. "Biz qanday qilib bolaga toʻgʻri sensor tarbiya bera olamiz" , degan savollar tugʻilishi tabiiydir. Aynan bu maqolada mashhur olima - Mariya Montessorining bogʻcha yoshidagi bolalar uchun sensor tarbiya berishning no'anaviy 10 ta qoidasi va boshqarish usullari xususida soʻz olib boriladi.
Kalit soʻzlar:
tahrirSensor tarbiya, Montessori metodikasi, hissiy sezish, texnologik yondashuv, boshqarish me'zoni, emotsional ta'sir,pedagogik talab.
Tevarak atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asoslanadi. Tasavvurning asosini bevosita sezish orqali idrok qilish tashkil etadi. Bunday tasavvurning aniqligi, to‘laligi sensor jarayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Sensor tarbiya sezgi va idrokni biror maqsadga qaratilgan holda rivojlantirishdir. “Sensor” so‘zi lotincha “sensus” – “tuyg‘u”, “sezgi”, “idrok”, “sezish qobiliyati” ma’nolarini anglatadi. Borliqni bilish sezgi, idrok qilishdan boshlanadi. Bog‘cha va kichik maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimining 10 dan 9 qismini sezish orqali idrok etilgan taassurotlar tashkil etadi. Sezgi va idrok qanchalik boy bo‘lsa, insonnining tevarak-atrofdagi olam haqidagi tasavvurlari shunchalik keng bo‘ladi. Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning rivojlanish darajasi bilish faoliyatining muvaffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi. Sensor tarbiya pedagogika fanida bolalarning aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi hisoblanadi. Sensor tarbiyaning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor qobiliyatlarini o‘stirishdan iborat. Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar buyumning faqat nimaga ishlatilishini, nomigagina bilishi yetarli bo‘lib qolmay, balki ular buyumlarni chuqurroq idrok etishi, ularni ushlash, ular bilan muomilada bo‘lganda xilma-xil sezgilar ishtirok etishi ham juda muhimdir, deb biladi. Tarbiyachi sensor tarbiyaning ana shu tomonlariga alohida e’tibor berishi, bolalarga tegishli topshiriqlar berishi: buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib qo‘yishda ularning og‘irligini his qilish, buyumni qo‘lga olib, uning sirtini sezishi va sifatini - issiq yoki sovuqligi kabilarni aniqlashi kerak.
Sensor tarbiya usuli.
tahrirSezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat, sezgi va idrokning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratibgina qolmay, balki buyumning shaklini, rangini, joyini bilib olishga ham ehtiyoj paydo qiladi. Biror narsaning rasmini chizishdan oldin bolani buyumlarning rangiga qarab taqqoslashga o‘rgatiladi, suratlarni ko‘zdan kechirishda esa qanday qilib rang yordamida tasvirning badiiy ifodaliliga erishilishini ko‘rish qobiliyati rivojlanadi. Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri – tekshirishdir. Tekshirish – buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat bo‘lib, uning natijalaridan keyinchalik ma’lum bir mazmunli faoliyatda foydalaniladi. Mariya Montessori tomonidan ilk marta 1907 yil 6-yanvarda aqli zaif bolalar uchun birinchi bolalar uyi ochildi. U ushbu bolalar uyida rahbar bo‘lib, bolalarga qulay va oson usullarni qo‘lladi.Metodining bosh g‘oyasi: bolani mustaqil rivojlanishiga turtki berishdan iborat.
Metodining bosh shiori:
tahrir“Buni mustaqil bajarishga yordam ber” Sistemasi uchta asosiy qismdan iborat : pedagog-bola-muhit MariyaMontessorining noan’anaviy 10 ta qoidasi; - Bola - asosiy e’tiborda! Mariya Montessori bolaga uning xohish-istaklariga qarab munosabatda bo‘lish eng to‘g‘ri va yagona yo‘l, degan qat’iy fikrni ilgari surgan. - Pedagog bolaning diqqatini bo‘lmasdan yo‘naltiradi. Albatta, bola ta’lim jarayonining asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Kattalar muntazam ravishda kichkintoy bilan hamnafas, lekin ular bolaning tabiiy qiziqishlarini so‘ndirmaslik, bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini barbod qilmaslik uchun ehtiyotkorona yondashishi kerak. - Bolalar atrofidagi muhit ularning qiziqishlariga qarab o‘zgartiriladi. Muhit – Montessori pedagogikasining poydevoridir. Bolalar xonasidagi jihozlar ularning ehtiyojlarini hisobga olgan holda joylashtiriladi va qiziqishlariga mos ravishda o‘zgartirib turiladi. - Ba’zi mashg‘ulotlarda yoshlari har xil bolalar ham birga shug‘ullanishi mumkin. Bolalar juda ko‘p narsalarni tengdoshlariga qarab o‘rganadi - Bolalar mashg‘ulotlarda erkin bo‘lishi lozim. - Bolalar qancha xohlasa, shuncha vaqt shug‘ullanadi. - Guruhda, hatto kattalar ham amal qiladigan qoidalar mavjud. - Bolaning o‘z ishini o‘zi baholashiga imkon beriladi. Montessori metodikasida shunday jihozlar borki, bola mustaqil ravishda shug‘ullanib, yangi bilim hosil qiladi. Masalan, har xil shakldagi silindrlarni o‘z hajmiga mos joylarga joylashtirish. Kuzatishlardan ma’lum bo‘ldiki, tarbiyachi ko‘rsatmasi bilan topshiriqni bajargan bolalar ertasiga ushbu vazifani qaytadan ko‘rsatib berishda xatolikka yo‘l qo‘ydi, mustaqil bajargan bolalar silindrlarni deyarli bexato bajardi. Mustaqil o‘zlashtirish jarayonida ko‘proq vaqt talab qilinishi mumkin, lekin ular olgan bilimlarini xotiralarida mustahkam saqlab qoladi. - Bola murojaatisiz yordam berish taklif qilinmaydi. Bolaning mustaqilligi qo‘llab-quvvatlanadi, hech kim uni shoshirib, kerak bo‘lmasa ham yordam beravermaydi. Lekin har bir bola doim savol tug‘ilganda tarbiyachining yordam berishini his qiladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, maktabgacha taʼlim – bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni maʼnaviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga toʼldiradi. Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga еtkazish va uni maʼlum bir kasbga yoʼnaltirish ogʼir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz taʼlim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. Mariya Montessorining o‘z davrida butun insoniyatga qilgan quyidagi murojaati mavjud: “Bizda shunday muammo bor – kattalar rivojlanishning diqqat markazida turadi. Agar hokimiyat e’tiborini bolalarga, ular qalbiga qaratsa, biz tinchlik hukm surgan dunyoni quramiz. Bilim – tinchlik qurolidir”.
Foydalanilgan adabiyotlar:
tahrir1.Ergasheva, B.(2019)."Talabalarning pedagogik modernizatsiya sharoitida kasbiy tayyorgarligino takomillashtirish". Science and innovatsion, 1(B7),401-405 2.Muratova ,M.(2023).Peculiar aspects of working with family in the formation of the culture of life safety in children of presschool age.Science and innovation" , 2(B2), 593-596 4.Qayumova,Sh.(2023). "Maktabgacha taʼlim"oʻquv qoʻllanmasi. 3.Sadikova, Sh, Ergasheva ,B (20< 23). "Maktabgacha taʼlim metodikasi".