Makulatura (lotincha maculo — ifloslantiraman) — bosmaxona chiqindisi yoki, umuman, eski qogʻoz, karton, gaz., jur., kitob va boshqa M. qogʻoz f-kalarida qayta ishlanadi va ikkilamchi mahsulotlar (qogʻoz, karton) tayyorlanadi. M.ning yogochni tejashda va mahsulot tannarxini kamaytirishda ahamiyati katta. Baʼzi mamlakatlar, mas, Germaniya va Yaponiyada ishlatiladigan qogʻoz mahsulotlarining 50% M.dan tayyorlanadi (qarang Ikkilamchi xom ashyo).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil