Malabar — Jan. Hindistonning Malabar qirgʻogʻi (Arabiston dengizi) va Gʻarbiy Gat togʻlari orasida joylashgan tarixiy viloyat. Qadimda va oʻrta asrlarda M.ning koʻp sonli knyazliklari oʻz mustaqilligini saqlab qolgan boʻlishlariga qaramay, vaqt-vaqti bilan turli davlat tuzilmalariga kirgan (asosan, boj toʻlashgan). Miloddan avvalgi taxminan 3-asrda Jan. M.da Chera davlati mavjud boʻlgan. M. knyazliklarining eng yiriklari: Kalikut (Kojikode) (15—16-asrlar), Travankur va Kochin (18-asr). M. Yevropa davlatlari tomonidan talontoroj qilingan Hindistonning 1hududi hisoblanadi. 16-asrda portugallarning tayanch punktlari tashkil topgan, 17-asrda gollandlar, inglizlar va fransuzlarning faktoriya (savdo-sotiq olib boradigan joy)lari paydo boʻlgan. M.ni Angliyaga qarashli Ost-Indiya kompaniyam bosib olgan. M.da mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolonlar boʻlib oʻtgan (M. qoʻzgʻoloni, 1793—1806; Mopla qoʻzgʻoloni, 1912—22). 1956-yildan boshlab M. hududlari Kerala va Karnataka shtatlariga kirgan.

Adabiyot

tahrir
  • Alayev L. B., Yujnaya Indiya, Sotsialno-ekonomicheskaya istoriya XIVXVIII vv., M., 1964; Sdasyuk G. V., Shtati Indii, M., 1981.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil