Malabo (1973-yilgacha Santa-Isabel) — Ekvatorial Gvineya Respublikasi poytaxti. Bioko orolda joylashgan. Ikdimi ekvatorial iqlim, yillik oʻrtacha temperatura 25,4°; yiliga 200 mm chamasida yogʻin yogʻadi. Aholisi 40 ming kishidan ziyod. Shaharga 19-asrning 20-yillarida inglizlar tomonidan asos solingan. 1843-yilgacha Port-Klarens, oʻsha yildan Santa-Isabel deb atalgan. 1968-yilgacha Ispaniya mustamlakasi Gvineyaningmaʼmuriy markazi boʻlgan, 1968-yil 12-oktabrdan mustaqil Ekvatorial Gvineya Respublikasi poytaxti. 1973-yildan mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon boshchisi, qabila boshligʻi nomi bilan Malabo deb atala boshladi.

Malabo

Malabo — Gvineya qoʻltigʻidagi port (kakao, kofe, mevalar eksport qilinadi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Taxta tilish va yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Palma moyi va sovun ishlab chiqariladi. Kutubxonalar, muzeylar bor. Malaboda hukumat idoralari, prezident saroyi joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil