Malakka Xitoy masjidi (malaycha: Masjid Cina Negeri Melaka Jawi: msjd chynạ nđry mlạk; xitoycha: 马六甲华人清真寺) – Malayziyaning, Malakka viloyati, Markaziy Malakka tumani, Krubong shahridagi xitoycha uslubda qurilgan masjid. Bino Malayziyadagi Sulton Ismoil Petra va Perak viloyatidagi masjiddan keyin xitoy meʼmorchiligi asosida qurilgan uchinchi masjid hisoblanadi.

Masjid
Malakka Xitoy masjidi
malaycha: Masjid Cina Negeri Melaka
Jawi:msjd chynạ nđry mlạk
xitoycha: 马六甲华人清真寺
Malakka Xitoy masjidi
Mamlakat  Malayziya
Malakka viloyati Markaziy Malakka tumani, Krubong shahri
Koordinatalar 2°17′45.4″N 102°13′48.9″E / 2.295944°N 102.230250°E / 2.295944; 102.230250
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Malakka Xitoy musulmonlari uyushmasi (Pertim)
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Xitoy meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi 2014-yil aprel
Oʻlchami 2000 nafar
Gumbazlar soni 2
Gumbazlar soni 2
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1

Tarixi

tahrir

Masjid dizayni Malakka Xitoy musulmonlari uyushmasi (Pertim) tomonidan ishlab chiqilgan[1]. Inshootning qurilish byudjeti 2011-yil oktyabr oyida Bosh vazir oʻrinbosari Muhyiddin Yasin tomonidan tasdiqlangan, uning qurilish ishlari 2012-yil avgust oyida Warisan Harmoni Construction Sdn. Bhd. tomonidan boshlab berilgan va 2014-yilning aprel oyida yakunlangan[2]. Masjidning qurilishi uchun sarf qilinadigan mablagʻning 7.5 million ringiti federal hukumat tomonidan, qolgani esa Pertim va jamoatchilik tomonidan taqdim etilgan[3].

Arxitekturasi

tahrir

Masjid dizayni Xitoyning Pekin, Shanxay va Sian shahridagi bir nechta masjidlar meʼmorchiligi uygʻunlashuvidan iborat. Masjidda xitoy xattotligi va noyob Xitoy meʼmorchiliging guvohi boʻlish mumkin. Inshoot bitta minora va ikkita gumbazga ega boʻlib, ichki qismida asosiy namozxona, kutubxona, zal, idoralar, hovuzlar va restoran mavjud. Binoning umumiy maydoni 2.8 gektarni (300 000 kv. ft) tashkil qiladi. Masjidga bir vaqtning oʻzida 2000 tagacha namozxon tashrif buyurishi mumkin[4].

 
Malakka Xitoy masjidining namozxonasi

Manbalar

tahrir
  1. „Ethnic-based mosques do not undermine Muslim solidarity, says group“. themalaysianinsider.com. 2015-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-iyun.
  2. Baharudin, Norizzah. „Masjid Cina Melaka ada kembar di Beijing, Shanghai dan Xian“ (ms). BH Online (2016-yil 9-avgust). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
  3. Suzane. „Malacca Chinese Mosque“. Let's Go Holiday (2019-yil 21-may). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
  4. Leong. „GO: Melaka Mosques“. New Straits Times (2017-yil 1-iyun). Qaraldi: 2020-yil 17-mart.