Malayziya yoki Malaysia (malaycha: Malaysia) (Persekutuan Tanah Malaysia) – Janubiy-Sharqiy Osiyodagi davlat. Hududini Janubiy Xitoy dengizi ikkiga ajratib turadi; Gʻarbiy Malayziya (Malayya) Malakka yarim orolning janubda, Sharqiy Malayziya Kalimantal o.ning shimoliy qismida joylashgan. Maydoni 332,8 ming km². Aholisi 33 mlndan oshiq. Poytaxti – Kuala-Lumpur shahri Maʼmuriy jihatdan 13 shtat va 2 federal hududga boʻlinadi.

Malayziya
مليسيا
ShiorBersekutu Bertambah Mutu
(Malay: Unity increases Strength)
Madhiya: Negaraku
(My Country)
Location of Malayziya
Poytaxt Kuala Lumpur
Rasmiy til(lar) Malayziya tili
Hukumat Konstitutsion Rohiblik
Abdullah al-Haj
Anwar Ibrahim
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
31-avgust 1957
Maydon
• Butun
330,803 km2 (65-oʻrin)
• Suv (%)
0.3
Aholi
• 2024-yilgi roʻyxat
34,564,810 (42-oʻrin)
• Zichlik 72/km2
YIM (XQT) 2019-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$248,700 mil. (20-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$10,383
Pul birligi Malaysian Ringgit (MYR)
Vaqt mintaqasi UTC+8
• Yoz (DST)
UTC+8
Qisqartma MY
Telefon prefiksi 60
Internet domeni .my

Davlat tuzumi

tahrir

Malayziya – federativ davlat, konstitutsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida. Amaldagi konstitutsiyasi 1963-yilda qabul kilingan, unga Malayya federatsiyasining 1957-yilgi konstitutsiyasi asos qilib olingan va keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – oliy hukmdor (podshoh, 2001-yil 12-dekabrdan Sulton Tuanku Sayd Sirojiddin Sayd Nutra Jamolullayl), u 9 malayya kengashida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi – 2 palatali parlament. Ijroiya hokimiyatini bosh vazir boshchiligidagi vazirlar mahkamasi amalga oshiradi.

Tabiati

tahrir

Malayziya ekvator mintaqasida joylashgan. Malakka yarim orolning katta qismini tepaliklar, past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (balandligi 1000–2000 m; eng baland joyi – Taxan togʻi, 2190 m) egallagan. Sohil qismlari (eni 90 km gacha) pasttekislik. Kalimantan orolining sohillari ham tekislik, oʻrta qismi tepaliklar va 2000–2400 m balandlikdagi togʻlardir. Malayziyadagi eng baland joy – Kinabalu togʻi (4101 m). Iklimi ekvatorga xos, shimolrogʻida subekvator mussonli iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura yil davomida 25°–28°, Yillik yogʻin sohillarda 2000–5000 mm. Daryolari (Rajang, Paxang, Baram, Kinabatangan va boshqalar) sersuv. Tuproklari podzollashgan laterit, payettekisliklarda allyuvial tuproklar. Yer yuzasining 3/4 qismi doim yashil nam tropik oʻrmon. Palma, bambuk, togʻlarida eman, dafna va boshqa oʻsadi. Oʻrmon hayvonlari koʻp. Yirik hayvonlardan fil, ikki shoxli karkidon, himolay ayigʻi, yoʻlbars, qoplon, yovvoyi buyvollar, shuningdek, maymun, timsoh, boʻgʻma ilonlar bor. Tropik oʻrmonlarning oʻsimlik va hayvonot dunyosi Taman-Negara, Bako milliy bogʻlarida qoʻriqlanadi.

Aholisi

tahrir

Aholisining 57 % malayyalar, 22 % xitoylar, 6 % hindlar va b, davlat tili – malayziya tili, davlat dini – islom. Shahar aholisi 75 %(2018). Yirik shaharlari: Kuala-Lumpur, Jorjtaun, Ipox, JoxorBaru va boshqa

Tarixi

tahrir

Malayziya hududida odam ilk paleolit davridan yashaydi. Miloddan avvalgi 3–1ming yilliklarda Malakka yarim orolga Xitoyning janubi-gʻarbidan avstronez qabilalar kelib oʻrnashgan. Milodiy 1ming yillik boshlarida Markaziy Sumatradan malayyalarning ajdodlari koʻchib kelgan.

Malakka yarim orol aholisining Hindiston bilan savdo va madaniy aloqalari bu yerda ilk davlatlarning yuzaga kelishida katta ahamiyat kasb etgan. Bunday davlatlar Malakka yarim orolning shi-m.da, daryolarning quyilish joyidagi shaharlarda vujudga kelgan. Bu shahardavlatlar 3–14-asrlarda oʻzidan kuchliroq qoʻshni davlatlarga tobe boʻlgan.

15-asrda va 16-asr boshlarida Malakka yarim orol, Riau arxipelagi va Sumatra orolning sharqiy qismi Malakka sultonligi qoʻl ostida birlashtirildi. 1511-yil Malakka sultonligini Portugaliya bosib oldi. Malayziya hududining gʻarbiy qismi – Malayyada bir necha sultonliklar tashkil topdi, bulardan eng yirigi – Joxor 16– 18-asrlarda butun Malayya ni oʻz hokimiyati ostida birlashtirishga harakat qildi. 1641-yil Malakkani gollandlar bosib oldi. 18-asr oxiridan Malayya davlatiga ingliz mustamlakachilari taʼsir koʻrsata boshladi. 1786–1888-yillar davomida inglizlar hozirgi Malayziya hududining katta qismini bosib oldi. Mustamlakachilarga karshi urush hamda qoʻzgʻolonlar boʻldi (1791, 1831-32, 1875-76, 1891-94 va hokazo).

Ikkinchi jahon urushi davrida Malayziyani yapon armiyasi bosib odni. 1943-yil Malayziyada boskinchilarga qarshi xalq armiyasi tuzildi. 1945-yil 2-sentabrda yapon bosqinchilari xalq armiyasi tomonidan tormor etiddi, mamlakatda demokratik hokimiyat organi – xalq qoʻmitalari tuzildi. Koʻp oʻtmay ingliz mustamlakachilari Malayziyaga qaytib, ilgarigi bosqinchilik tartibini oʻrnatishga harakat qildilar. Ayni vaqtda mustamlakachilar milliy ozodlik harakatiga siyosiy nayrang yoʻli bilan putur yetkazishga intildilar. 1946 va 1948-yillardagi konstitutsiya islohotiga koʻra, Singapur Malayyadan ajratildi. Malayya 1946-yildan Malayya Ittifoqi va 1948-yildan Malayya Federatsiyasi deb ataddi. 1946-yil Saravak va Sabax Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1948-yil iyunda ingliz hokimiyati mamlakatdagi milliy ozodlik harakatiga qarshi hujumga oʻtdi. 1949-yil fevralda malayya xalqining Ozodlik armiyasi tuzildi. 1955-yil Malayya Federatsiyasining qonun chiqaruvchi kengashiga saylovda Federatsiyaning Britaniya Hamdoʻstligi doirasida mustaqilligini yoklab chiqqan Uch partiya ittifoqi (1957-yildan Ittifoq partiyasi) gʻalaba qozondi. 1957-yil 31-avgustada Malayya Federatsiyasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1963-yil 9-iyunda Londonda Buyuk Britaniya, Malayya Federatsiyasi, Singapur, Sabax va Saravak oʻrtasida Malayziya Federatsiyasi tashkil topganligi toʻgʻrisida oʻzaro bitim imzolandi; 1965-yil Malayziya bilan Singapur hukumati oʻrtasida kelishmovchilik boʻlib, Singapur Federatsiya tarkibidan chiqib ketdi. Malayziya 1963-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 1-yanvarda UzR bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Malayziyaning milliy bayrami – 31-avgust – Milliy kun (1957).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

tahrir

Umummalayziya islom partiyasi, 1951-yilda tuzilgan; Malayziya xind kongressi, 1946-yilda asos solingan; Malayziya xitoy uyushmasi, 1949-yilda tashkil etilgan; Malayya birlashgan milliy tashkiloti (yangi), 1988-yilda asos solingan; Demokratik harakat partiyasi, 1966-yilda tuzilgan; Milliy front, 1973-yilda 12 partiyaning hukmron koaliiiyasi (ittifoqi) tarzida tashkil etilgan. Malayziya kasaba uyushmalari kongressi, 1949-yilda tuzilgan.

Iqtisodiyoti

tahrir

Malayziya – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda ishlab chiqarish sanoatining ulushi – 28,7 %, konchilik sanoatining ulushi – 9,3 %, qishloq xoʻjaligining ulushi – 17,3 %. Malayziyaning asosiy ekini – sholi boʻlsa ham, mamlakat ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmogʻi kauchuk ishlab chiqarishdir. Bundan tashkari, kokos palmasi, ananas, kakao, choy, murch, sabzavot, mevalar yetishtiriladi. Chorvachilik suyet rivojlangan; koramol, choʻchqa boqiladi. Dengiz qirgʻogʻi yaqinida va darelarda baliq ovlanadi. Eksport uchun yogʻoch tayyorlanadi. Malayziya sanoatining asosiy tarmoqdari: elektrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, avtomobil, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati; konchilikning asosiy tarmoqlari: neft, tabiiy gaz, qalay, temir va mis rudalari, boksit qazib chiqarish. Malayziya integral sxema, konditsioner, radio va teleapparaturalar ishlab chiqarish boʻyicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biri. Yiliga 24,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Kauchuk, palma yogʻi, qalay eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Hunarmandchilik (ganchkorlik, zargarlik, kashtachilik va boshqalar) rivojlangan.

Temir yoʻllari uzunligi 2,2 ming, avtomobil yoʻllari uzunligi 52,5 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji – 2,9 mln. t. dedveyt. D yengiz portlari: Kelang, Jorjtaun, Kuantan, Kuala-Lumpur. Jorjtaun, Kota-Kinabaluda aeroportlar bor.

Malayziya chetga neft, elektron va elektrotexnika buyumlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, transport vositalari (jumladan, avtomobil), rezina texnika, toʻqimachilik mahsulotlari, poyabzal, kiyim-kechak sotadi; chetdan mashina uskuna, sanoat va optika jihozlari, transport vositalari, stanoklar, oziq-ovqat sotib oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Yaponiya, Singapur, AQSH, Yevropa Hamjamiyati mamlakatlari, Janubiy Koreya, Xitoy, Tayvan. Pul birligi – ringgit (Malayziya dollari).

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

tahrir

Xalq maorifi tizimi 6 yillik boshlangʻich maktab (6 yoshdan 12 yoshgacha bulgan bolalar uchun), 3 yillik kichik oʻrta maktab va 2 yillik katta oʻrta maktab (katta oʻrta maktab huzurida ijtimoiy, tabiiy-ilmiy va texnika hamda kasb-hunar taʼlimi boʻlimlari bor) dan iborat. Hunarmandchilik maktablari, oʻrta texnika kollejlari va oshirilgan toifadagi texnika kollejlarida ham turli kas-blar oʻrgatiladi. Kuala-Lumpur universiteti (1962), Milliy universitet (1970), Texnologiya universiteti (1972), qishloq xoʻjaligi universiteti (1973), Jorjtaundagi universitet oliy taʼlim beradi. Kuala-Lumpurda Milliy kutubxona (1971), Milliy muzey (1963, arxeologiya, etnografiya, zoologiya majmuasi bilan) bor. Tabiiy kauchukni tadqiq qilish instituti, Malayziya ilmiy tadqiqot instituti, oʻrmonchilik va tropik baliqchilik tadqiqot markazlari, tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti, Ijtimoiy fanlar tarixi jamiyati, Malayya tili va adabiyoti agentligi, Tamil tili jamiyati mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

tahrir

Mamlakatda nashr etiladigan yirik gazetalar: „Berita harian“ („Kun yangiliklari“, Malayziya tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1957-yildan), „Biznes tayms“ („Biznes vaqti“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1976-yildan), „Malay meyl“ („Malayya pochtasi“, ingliz tilida chiqadigan kechki gazeta, 1896-yildan), „Mingguan Malayziya“ („Malayziya hafta ichida“, Malayziya tilida chiqadigan yakshanbalik gazeta, 1964-yildan), „Nanyan shanbao“ („Janubiy dengizlar savdo gazetasi“, xitoy tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1923-yildan), „Star“ („Yulduz“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1971-yildan), „Tamil nesan“ („Tamillar posboni“, taʼmil tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1924-yildan) va boshqa Bernama axborot agentligi, 1967-yilda taʼsis etilgan. Malayziya radiosi 1946-yildan, Malayziya televideniyesi 1963-yildan ishlaydi.

Adabiyot

tahrir

Adabiyoti malayya, xitoy, tamil va ingliz tillarida. Malayya tilida yaratilgan adabiyoʻt asosiy oʻrinni egallaydi. 7-asrda tarixiy, huquqiy, diniy mavzulardagi asarlar, avliyo-anbiyolarning qissalari, nasihatgoʻylik adabiyoti yaratila boshladi. Malayya adabiyotining yangi davrini boshlab bergan adib Abdullo ibn Abdulqodir Munshiydir. U oʻzining „Abdullo haqida qissa“ (1849) asarida ijtimoiy tengsizlik, johilliklarni tanqid qiladi. 1925–26 yillarda Sayd Shayx ibn Axmad al-hodining zamonaviy Misr hayotidan olib yozgan „Farida Xonim“ romani maydonga keldi. Keyinchalik Ahmad Navobi bin Muhammad Ali, Ahmad ibn Ismoil va boshqa ham koʻplab asarlar yarata boshladilar. Ahmad bin Hoji Muhammad Rashid Tol ilk bor malayya qahramonlari ishtirokidagi „Haqiqiy doʻst“ (1927), „Bu Salmami?“ (1928) va boshqa romanlar yaratdi.

30-yillarda yaigi indonez adabiyotining taʼsiri kuchaydi; A. Samad bin Ahmad, A. Baxtiyor, R. Mansur va boshqalarning milliy ruhdagi romanlari paydo boʻldi. Xususan, milliy harakat arbobi Abdulloh Siddiqning „Birga kurashaylik“ (1941) romanida vatanpar-varlik va mustamlakachilarga qarshi kurash mavzulari keng yangradi.

50-yillarda adabiyotda asosiy oʻrinni xalq hayotiga bagʻishlangan sheʼr va hikoyalar egalladi. 1950-yil bir guruh qalamkashlar – K. Mas, U. Avang, M. Asraf, A. Samad Ismoil va boshqa „50-yillar avlodi“ adabiyot birlashmasini tashkil etdilar va „Sanʼat jamiyat uchun“ degan shiorni olgʻa surdilar. Milliy ozodlik harakati adabiyotning asosiy mavzui boʻlib qoldi.

Keyingi yillarda A. Samad Sayd („Salina“), A. Vati („Aylana“), A. Ali („Inqiroz“), A. Samad Ismoil („Vazir“), Ibrohim Umar („Chapdagi qadam“), S. Usmon Kelantan („Shimoli-sharqdagi shabada“) va boshqalarning asarlarida muxim ijtimoiy muammolar koʻtarilgan.

Malayziyada tamil (S. Vadivel, J. Perumal, G. S. Shanmugam), xitoy (Sun Ya, Szyan Jen) va ingliz (Li Kok-Yang, Uy Bun-Seng) tillarida ham adabiyot rivojlanayotir.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

tahrir

Malayziya hududida miloddan avvalgi 1ming yillikning 2-yarmiga oid guldor sopol idish va haykallar (Alor-Gajax va Berxallimadagi tosh yodgorliklar), Klangda va Tembeling daryosi boʻyida harsang terrasalar, sagʻanalar, jez buyumlar topilgan. 7–8-asrlargacha hind namunalariga taqlid qilingan: Budda ibodatxonalari va haykallari tiklangan. Bezak sanʼatida oltin va kumushdan, shoyi, sopoldan foydalanilgan, kashtachilik rivojlangan. 14-asrdan islom dini kirib kelishi munosabati bilan musulmon inshootlari qurish urf boʻldi (Perax, Kedax va Joxorda 17– 18-asrlarda mayejid va maqbaralar qurilgan). 15–19-asrlarda, ayniqsa, kulolchilikda xitoylarning taʼsiri kuchaydi. 16-asrda mustamlakachilar bostirib kelgach, qad. madaniyat tanazzulga uchrab, yevropacha meʼmorlik va sanʼat shakllari joriy etila boshladi. 19-asr 2-yarmida shaharlar (Pinang, Kuala-Lumpur) rivojlandi. Yevropa, Xitoy, Hindiston, musulmon uslublari krrishmasidan iborat imoratlar qurildi. Turar joylar qoziq va toshlar ustiga, yerga yogʻoch hamda bambuk sinchlardan bar-po etildi.

20-asrdan katta shaharlar yonida Tesak, Joxor-Baru, Batter-ert kabi yoʻldosh shaharchalar barpo etila boshladi. Malayyaning „kampong“ deb ataluvchi qishloklari zich tarzda yoki yoʻllar, daryolar, togʻ vodiylari boʻylab joylashtiriladi. Malayziya daryolarida bambuk kulbali sollarni, uyqayiklarni uchratish mumkin. Mamlakatning qad. aholisi boʻlmish changalzor kishilari bambuk va palma yaprokdaridan yasalgan chaylalarda yashaydi. Yangi qishloqlarda gʻisht, temir-beton va yogʻochdan uylar qurilayotir.

20-asr boshlaridan chinni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Xonadonlarda toʻqilgan gazmoldan sarongi deb ataluvchi milliy kiyim va roʻmollar zardoʻzlik usulida tayyorlanadi. Perakda kashtachilik rivojlangan. Kelantan zargarlari zebziynat buyumlari, oʻyma naqshli idishlar, qumgʻonlar, qutichalar yasaydilar.

Malayziyaning zamonaviy tasviriy sanʼatida rassomlik, haykaltaroshlik rivojlangan. Hunarmandchilikning kulolchilik, toʻquvchilik, savat toʻqish kabi turlari saqlangan.

Kinosi

tahrir
 
P. Remli

Har yili mamlakatga 1000 tagacha xorijiy film keltiriladi. Bunday sharoitda milliy kinematografiyaning rivojlanishi juda qiyin. Malayziyada dastlabki chinakam milliy kinofilmlar 50-yillarning oxirlarida yaratidsi. Ularning aksariyati anʼanaviy musiqiy dramalardan iborat. Rejissyor, ssenariychi, kompozitor, aktyor va xonanda P. Remli shunday dramalarni saxnalashtirishga ixtisoslashgan. Keyingi yillardagi anchagina kinokartinalar Tailand, Singapur, Filippin, Indoneziya kabi mamlakatlar bilan birgalikda yaratildi. 1981-yilda kinoni rivojlantirish tashkiloti tuzilgan. Badiiy filmlar orasida quyidagilar bor: „Xang Tuax“ (rejissyor F. Mejundar), „Se-merax Padi“ (rejissyor P. Remli), „Yigʻlama“ (rejissyor R. Timoer), „Muhabbat va qoʻshiq“ (rejissyor D. Sulong), „Ertangi kun umidida“ (rejissyor D. Shamsuddin), „Ona, onajon“ (rejissyor A. Mahmud).

Oʻzbekiston – Malayziya munosabatlari

tahrir

Malayziyadagi eng takomillashgan sport turi bu badminton, bovling, futbol va skvosh hisoblanadi. Golfga ham hozirgi kunda katta eʼtibor berilmoqda. Malayziyada har yili yirik musobaqalar oʻtkaziladi, xususan 1998-yilda oʻtkazilgan „Hamkorlik Oʻyinlari“ (inglizcha: Commonwealth Games).

Manbalar

tahrir