Malayziya tili — avstronez tillari oilasiga mansub, Malakka yarim orol va unga yaqin orollarda, Shimoliy Kalimantanda tarqalgan. Malayziya Federatsiyasining rasmiy tili hisoblangan, 10 mln.dan ziyod kishi soʻzlashuvchi til; 1969-yilgacha u bilan birga "malayya tili" termini ham qoʻllangan. Malayziya tili Malakka yarim oroldagi malay lahjalari, xususan, joxor lahjasi asosida rivojlanib kelmoqda. Bu laxja baʼzi tovushlari, fo-netik uzgarishlari va grammatik belgilari bilan adabiy tildan farq qiladi. Adabiy tilda bogʻlovchi va old koʻmakchilar miqdorining koʻpayishi, murakkab sintaktik tuzilmalarning rivojlanishi kuzatiladi; barcha sathlarda (terminologiya, soʻz yasalishi, sintaktik qoliplar va boshqalar) indonez tilining taʼsiri seziladi. Lugʻat tarkibida arab va ingliz tillaridan oʻzlashmalar anchagina, terminlarning aksariyati inglizcha birikmalar qoli-pi asosida yaratilmoqda. Yozuvi lotin alifbosiga asoslangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil