Malham — sirtdan qoʻllanadigan dori shakli. Mazlarga qaraganda qattiqroq, badan haroratida yumshab teriga yopishadi. U baʼzan suyuq boʻladi. M.lar (qoʻrgʻoshinli malham, ley-koplastir, garmdorili plastir, bakteritsid qogʻozlar va boshqalar) teri yuzasidagi bogʻlovlarni mahkam tutish, terini tashqi taʼsirlardan saqlash va davolashda ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil