Maliki Ashtar masjidi (yoki Hazrati Malik Ajdar, Maliki Ajdar nomlari bilan ham mashhur) — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida bunyod etilgan tarixiy meʼmoriy yodgorlik. Shuningdek, bu yodgorlik „Malik Ashtar“ va keyinroq esa „Malik Ajdar“ nomi bilan atala boshlangan. Asl nomi arab tilidan olingan.

Maliki Ashtar masjidi
Eski nomlari Hazrati Maliki Ajdar
Muqobil nomlari Malik Ajdar
Umumiy maʼlumot
Maqomi masjid
Joylashuvi Matonat koʻchasi 46-uy
Manzili Zingiron MFY
Shahar Shahrisabz
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 39°19′37″N 66°29′36″E / 39.32706°N 66.493431°E / 39.32706; 66.493431
Qurilishi boshlangan 1917-yil
Binoning ichki maydoni 8x8 va 8x8.5 metr

Etimologiyasi

tahrir

„Malik Ashtar“ masjidining bu nomi arab tilidan kelib chiqqan boʻlib, u „Moliki ushtur“ soʻzidan olingan. Bu soʻz „tuyador“ degan maʼnoni anglatadi. Yaʼni masjid oʻz davrida savdo karvonlarida qatnaydigan koʻplab tuyalarga ega boʻlgan boy tomonidan barpo etilgan[1]. Maliki Ashtar masjidining nomlanishi (xalq orasida „Gumbaz“ masjidi deb ham ataladi) Maliki Ashtar ismli arab sarkardasining qabri, boshqa manbalarda esa „gʻilay“ Ashtar haqidagi afsonalar bilan ham bogʻliq deya hisoblaniladi.

Tarixi

tahrir

Masjid binosi 19-asr oxirida toʻliq shakllangan hozirgi koʻrinishga kelgan. Baʼzi manbalarda qayd etilishicha avvallari bu yerda karvonsaroy ham faoliyat yuritgan boʻlishi mumkin. Masjid xonaqosi atrofidagi yigirmaga yaqin hujralar va qadimiy supalar shundan dalolat beradi. Ayrim taxminlarga koʻra, 7-10-asrda bu hududda qandaydir ziyoratgoh va unda dafina-qabr ham mavjud boʻlgan.

Tuzilishi

tahrir

Mazkur obyekt sinchkorlik tipidagi mavze masjidlar sirasiga kiradi. Masjidning oʻlchamlari 8x8 va 8x8.5 metrni tashkil etadi. Asosiy, katta yopiq xonaqosining yuqori qismi gumbaz bilan yopilgan. Bu gumbaz askasimon bagʻallar koʻrinishida shakllantirilgan boʻlib, musammaga asosiy zalvorini tashlab turadi. Xonaqoning har toʻrt tomoni ayvon shiyponlari bilan oʻrab olingan. Asosiy eltuvchi yoʻlak esa peshtoq koʻrinishida bunyod etilgan[2].

Muhofazaga olinishi

tahrir

Malik Ashtar masjidi 2000-yilda UNESCOning „Umumjahon madaniy merosi“ roʻyxatiga kiritilgan. Shahrisabzda bunday yodgorliklardan 19 tasi mavjud. Bugungi kunda bu hudud jom’e masjidi sifatida foydalaniladi[3].

Manbalar

tahrir
  1. „Qashqadaryo viloyati“. uzbekistan.travel.uz. Qaraldi: 08-2023.
  2. F.Abduxoliqov; A.Razzoqov; K.Rahimov; A.Hakimov; B.Abduhalimov. O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Qashqadaryo. Uzbekistan today, 2016-yil — 317-bet. ISBN 978-9943-4510-6-3. 
  3. „Tarixiy haqiqat izidan: Shahrisabzdagi «Malik Ashtar» obidasi haqida nimalar ma'lum?“. kun.uz. kun.uz (2019-yil 3-iyul). Qaraldi: 08-2023.