Mallaxon
Sayyid Bahodir Muhammad Mallaxon (taxminan 1830-1862) — Qo'qon xonligining o'n ikkinchi xoni, o'zbeklarning minglar urug'i vakili. Sheralixonning katta o'g'li, Xudoyorxonning akasi.
Hokimiyatga kelishi
tahrirQo'qon xonligini siyosatida muhim rol o'ynagan qipchoqlar hamda ularning rahnamosi - Musulmonqul hokimiyatdan chetlatilgandan so'ng Xudoyorxon o'zi mustaqil davlatni boshqara boshlaydi. Uning davrida xalqqa nisbatan zulm-zo'ravonlik kuchayadi. Ommaga qaratilgan qiynoqlar va adolatsizliklar bois Xudoyorxon ham taxtida uzoq qola olmadi. Xalqning noroziligidan foydalangan Xudoyorxonning akasi - Mallaxon ukasiga qarshi isyon ko'taradi va 1858-yilda Qo'qon taxtini egallaydi. Xudoyorxon Buxoroga qochib ketadi. Mallaxonni qipchoqlar, qirg'izlar qo'llab-quvvatladilar va uning taxtga o'tirishi orqali hokimiyat tepasiga keladilar.
Mallaxonning hukmronlik davri
tahrirMallaxon o'z hukmronligi davrida (1858-1862) Qorateginni o'ziga tobe qi lib oladi. Bu davrda Buxoro amiri Qo'qon xon- ligining Xoʻjandgacha boʻlgan hududlarini egal lab olgan edi. Endi u Qo'qondagi ichki o'zaro nizolardan foydalanib Qorateginni qo'lga kiritish maqsadida bu yerga Xudoyorxon boshchiligi- da qoʻshin yuboradi. Mallaxon vaziyatning og'ir ekanligini tushunib Marg'ilon hokimi Qanoat- shoh rahbarligida Qorateginga qoʻshin jo'natadi. Qorategin hokimi Muzaffarxon (tojik) va Xudoyorxon boshchiligidagi lashkar tor-mor qilinadi.
1860-yilda Mallaxon chor askarlariga qarshi himoyalanish maqsadida Toshkentga keladi. Bu yerdan u Rustambek va Nurmuhammad boshchi- ligida qoʻshin tuzib ruslarga qarshi yuboradi. Ular ruslarning kichik bir otryadi bilan jang qilib, bir necha asirlarni olib orqaga qaytadilar. Shundan so'ng rus qo'shinlari To'qmoq va Pishpakka hujum qiladilar, bu joylarni vayron qilib xalqni taladilar. Mallaxon yana qo'shin to'plab himoya choralarini ko'rishga majbur bo'ladi. Boʻlgan voqealarni o'z ko'zi bilan ko'rgan Mulla Niyoz Muhammadning bergan ma'lumotlariga qaragan- da, Andijon hokimi Olimbek dodxoh va yo'lda unga qo'shilgan Toshkent hokimi Qanoatshoh rahbarligida 19 ming kishilik Qo'qon qo'shinlari yo'lga chiqdilar. Ular Olmaota, To'qmoq va Ash- takni egallab ilgari intilayotgan rus qo'shinlarining harakatini to'xtatishlari kerak edi. Qo'qon qo'shinlari rus askarlarini o'rab oldilar. Shu paytda qo'shinga qo'mondonlik masalasida Qanoat- shoh bilan Olimbek o'rtasida kelishmovchilik chiqadi. Olimbek sotqinlarcha orqaga chekinadi. Qozoqlar ham jang maydonini tashlab chiqdilar. Jang davom etadi. Qanoatshoh Pishpek qal'asini egallaydi. U Olmota, Ashtak hududlarida yashovchi aholining bir qismini Pishpek, Marka, Avliyoota tumanlariga ko'chiradi va qolgan kuchlarni orqaga qaytaradi. O'zi esa Pishpekni himoya qilish maqsadida bu yerda qoladi. Mulla Niyoz Muhammadning hikoya qilishicha Qanoatshoh ruslarga qarshi kurash choralarini kuchaytirish o'rniga qozoqlarni talash bilan ovora bo'ladi. Manbalarda yozilishicha, qozoqlarning qabila boshliqlaridan biri Tursunboy sovg'a-salomlar bilan Qanoatshoh oldiga kelib: "biz, musulmonlar sizning zulmingiz va siquvingiz tufayli kofir-ruslarga qo'shildik" ma'nosidagi nomani bayon etgan[]
Mallaxonning hukmronligining yakun topishi
tahrirMallaxon ham Qo'qon taxtida uzoq qola olmadi. U 1862-yilda uyushtirilgan saroy toʻntarilishi oqibatida hokimiyatdan mahrum bo'ladi va boshi tanasidan judo qilinadi. Taxtga Sarimsoqbekning o'g'li, Sheralixonning nabirasi Shohmurod o'tiradi. Bu hodisa Qo'qon xonligida va uning tashqarisida ziddiyatli vaziyatning kuchayishiga sabab bo'ladi. Mallaxonning oʻldirilishi voqealariga uning shaxsiy tabibi Asadullabek guvoh boʻlgan.
Adabiyot
tahrir- Bobobekov H.N., Qoʻqon tarixi, T., 1996;
- Bababekov X.N., Narodnie dvijeniya v Kokandskom xanstve i ix sotsialno-ekonomicheskiye i politicheskiye predposilki, T., 1990;
- Beysembiyev T.K., Tarixi Shaxruxi, Alma-Ata, 1987;
- Nabiyev R. N ., Iz istorii Kokandskogo xanstva, T., 1973;
- Shamsutdinov R., Karimov Sh., Hoshimov S., Vatan tarixi, T., 2020.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |