Maloyaroslavets jangi - Fransiya-Rossiya urushi (1812) davrida Maloyaroslavets shahri (RF) ostonasida rus va fransuz qoʻshinlari oʻrtasida boʻlgan jang[1812-yil 12(24) oktabr]. 1812-yil 6-oktabrda marshal Myurat avangardini Chernishnya daryosi boʻyida yengilishi Napoleon I armiyasini Moskvadan chekinishini tezlatdi. Napoleon Kaluga orqali Smolensk shahriga chekinishni rejalashtirib, oziqovqat omborlarini egallash maqsadida va kelgusida Gʻarbiy Dvina va Dnepr daryo qirgʻoklarida mudofaa chizigʻi barpo etib, u yerda mustahkam joylashib olib, shu yerdan 1813-yil yangi hujumni boshlash niyatida boʻlgan. Napoleon rejasidan xabar topgan M.I.Kutuzov 10-oktabrda general D.S. Doxturovning 6-piyoda korpusi va l-otliq korpusni Napoleon armiyasi yoʻlini toʻsishga joʻnatgan. 12-oktabrda ruslar Maloyaroslavetsdan fransuzlarni quvib chiqarishgan. Biroq, fransuzlarning Ye. Bogorne qoʻmondonligi ostidagi 1korpusi M.ni kaytadan egallab olgan. Yangi kuchlar yordamga kelishi bilan jang keng tus olgan. Unda har ikki tomondan 25000 askar qatnashgan. Maloyaroslavets 8-marta qoʻldan qoʻlga oʻtgan. Kechga borib shahar fran-suzlar qoʻlida qolgan. Fransuzlar 5000, ruslar 3000 askarini yoʻqotgan. 13-oktabrda ikki tomon hal qiluvchi jangga tay-yorgarlik koʻra boshlagan edi, lekin Napoleon 14-oktabrda qoʻshiniga Smolensk yoʻli boʻylab chekinishga buyruq bergan. Maloyaroslavets jangi, ruslarning strategik gʻalabasi boʻlib, tashabbus ruslar qoʻliga oʻtgan. Moskva jangi (1941—42) vaqtida Maloyaroslavets rayonida shiddatli janglar boʻlgan. Shaharni 1941-yil 18-oktabrda nemis fashistlar egallagan edi. Shoʻrolar armiyasi 1942-yil 2-yanvarda shaharni ozod etgan. Maloyaroslavetsda 1812-yilgi Vatan urushi muzeyi mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil