Malpigi naychalari
Malpigi naychalari — koʻpchilik oʻrgimchaksimonlar, koʻpoyoqlilar va hasharotlarning chiqarish organlari. Oʻrta va orqa ichak chegarasida joylashgan uchi berk oʻsimtalar. Oʻrgimchaksimonlar va koʻpoyoklilarda 1 juft, toʻgʻri qanotli hasharotlarda 120 juftgacha, pardaqanotlilarda 150 juftgacha Malpigi naychalari boʻladi. Ular muskul qavatlari yordamida qisqaradi. Oʻrgimchaksimonlar Malpigi naychalari, koʻpincha, guanin, hasharotlar va koʻpoyoqlilar Malpigi naychalari siydik kislota chiqaradi. Suv hasharotlarida Malpigi naychalari osmoregulyatorlik vazifasini bajaradi (yana q. Chiqarish sistemasi).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |