Mamadmuso Mamadazimov

oʻzbekistonlik astronom olim, pedagogika fanlar doktori, professor

Mamadmuso Mamadazimov (1942-yil, Xovos tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik astronom olim, pedagogika fanlar doktori (2005), professor (2007).

Mamadmuso Mamadazimov
Tavalludi 1942-yil
Balandchaqir, Xovos tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi astronom
Sohasi astronomiya
Taʼlimi Toshkent davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlar doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi tahrir

Mamadmuso Mamadazimov 1942-yil Toshkent viloyati, Xovos tumani, Balandchaqir qishlogʻida (hozirgi Jizzax viloyati, Yangiobod tumani markazi) tugʻilgan[1]. 1948—1958-yillarda qishloqdagi Alisher Navoiy nomidagi 1-maktabda oʻqigan. 1958—1963-yillarda Toshkent davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetida tahsil olgan. 1963—1966-yillarda oʻzi oʻqiga maktabda matematika va astronomiyadan dars beradi. Dastlab Toshkent Astronomiya institutida tadqiqotlar olib boradi, so‘ng Leningradga SSSR Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya observatoriyasiga stajyor-tadqiqotchisi sifatida oʻqishga jo‘natiladi. 1971-yilda „Quyosh dog‘larining yarim soyasida plazma harakatining nozik strukturasi“ mavzusida nomzodlik ishini yoqlagan[2], 2005-yilda ruscha: „Теоретические основы содержание астрономии и методики ее преподавания в системе непрерывного образования“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlar doktori ilmiy darajasini olgan. 2007-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 1971—1985-yillari Toshkent davlat pedagogika instituti Nazariy fizika kafedrasi katta oʻqituvchisi, dotsent, 1985—1989-yillarda kagedra mudiri, 1989—1990-yillarda oshkent davlat universiteti Astronomiya kafedrasi oʻqituvchisi vazifasida ishlagan, 1997-yildan Toshkent davlat pedagogika universiteti Fizika-matematika fakultetining Umumiy fizika kafedrasi mudiri[1]. Mamadmuso Mamadazimov fizika va astronomiya oid darsliklar[3][4], o‘quv-metodik qo‘llanmalar, ilmiy-ommabop risolalar va 200 ga yaqin maqolalar, shuningdek, „Dumli yulduzlar“ (1981), „Tanishing yulduzlar“ (1987), „Yer hammamiz uchun yagona uy“, „Kosmik kelgindilar va uchar tarelkalar“, „Ulug‘bek va uning rasadxonasi“ kitoblari muallifi[2].

Unvon va mukofotlari tahrir

  • „Xalq maorifi a’lochisi“ koʻkrak nishoni (1978);
  • „O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi a’lochisi“ koʻkrak nishoni (2015);
  • Turon Fanlar akademiyasi akademigi (2019).

Manbalar tahrir

Andoza:OʻTOE