Mamajon Abdurasulov
Mamajon Abdurasulov (1927-yil, Shahrixon tumani Naynovo qishlogʻida tavallud topgan [1]. Xalq oʻqituvchisi (1981). Fargʻona pedagogika institutining boshlangʻich taʼlim metodikasi fakultetini tamomlagan (1963). 1950-yildan Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi 41-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 40 yildan ortiq mehnat faoliyati davrida uning bolalarni ragʻbatlantirish orqali taʼlim-tarbiyani yuqori saviyaga koʻtarish usuli Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarda keng ommalashtirilgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ http://marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim/MING-XIL-GULNING-IFORI.htm
- ↑ "Abdurasulov Mamajon" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |