Manaplar

qirgʻiz qabilalari urugʻ zodagonlari (biylar, harbiy boshliqlar va boshqalar)

Manaplar — qirgʻiz qabilalari urugʻ zodagonlari (biylar, harbiy boshliqlar va boshqalar). 19-asr boshidan M.ning imti-yozlari meros boʻlib qoladigan boʻlgan. Ular ogʻa M. va ularga tobe boʻlgan kichik (chala) M.ga boʻlingan. M. koʻplab qoramol, keng yaylov va boshqalarga ega boʻlishgan. Chor xukumati Qirgʻizistonni bosib olgandan soʻng , M. uning ishonchli tayanchiga aylangan. 1919—24 yillarda shoʻro hukumatiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonlarda faol qatnashganlar. Manap unvoni 20-yillarning oxirida bekor qilingan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil