Manas maqbarasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Manas maqbarasi - Qirgʻizistondagi meʼmoriy yodgorlik (1334). Talas shimoli-sharqida joylashgan. Amir Abukning qizi Kanizakxotunga atab qurilgan. Xalq orasida qirgʻiz xalq eposi qahramoni Manas nomi bilan yuritiladi. Maqbara pishiq gʻishtdan qurilgan. Murabba tarxli, bir xonali, gumbazi 16 qirrali (qobirgʻali). Bosh tarzi chuqur ravoqli, ustungoʻshalar ishlangan. Peshtogʻi islimiy naqsh va nasx yozuvi bilan uygʻunlashtirib nafis bezatilgan, ikki yoniga guldastalar oʻrnatilgan. Oʻyma koshinlar bilan qoplangan bosh tarzi yaxshi saqlangan. Maqbaraning ichki va tashqi peshtoqlaridagi mujassamot birligi va uygʻunlik unga salobat bagʻishlagan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |