Mandalay, Mandale — Myanmaning markaziy qismidagi shahar.

Mandalay Hill

Mandalay viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi shahar atrofi bilan 5,8 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Iravadi daryosi boʻyidagi yirik port. Ip gazlama, yogʻmoy, taxta tilish sanoati, tay-yor qismlardan avtomobil yigʻish korxonalari, kema taʼmirlash va temir yoʻl ustaxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Qoʻlda shoyi toʻqiladi, yogʻoch va toshdan oʻymakorlik, kulolchilik buyumlari tayyorlanadi. Un-t, institutlar, kutubxonalar bor. Myanma kino sanoati markazi. Mamlakatning madaniy va liniy markazi. Budda dinidagilar ziyoratgoh joyi. Shaharga 1857-yilda asos solingan (rasmiy nomi pali tilida — Yadanabon — "qimmatbaho toshlar uyumi" degan maʼnoni anglatadi). 1857—85 yillar myanmaliklarning mustaqil Konbaun davlatining poytaxti boʻlgan.[1]

Fotogalereya

tahrir


Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil