Mané Garrincha milliy stadioni
Mané Garrincha milliy stadioni,[2] portugalcha: Estádio Nacional Mané Garrincha, shuningdek, Estádio Nacional de Brasília, Arena Mané Garrincha deb ham nomlanadi yoki Mane Garrincha deb qisqartirib atashadi. Braziliyadagi futbol stadioni va koʻp maqsadli arenasi, Federal okrugning Brazilia shahrida joylashgan. Stadionning asosiy qurilishi «the Poliesportivo Ayrton Senna Complex» kompaniyasi tomonidan qurilgan, shuningdek, ushbu kompaniya Nilson Nelson Gimnaziyasi va Nelson Piquet Xalqaro Aerodromi kabi Braziliyaning bir qancha mashhur inshoatlariga mualliflik qilgan. Stadion 1974-yili ochilgan, ilgari oʻz ichiga jaʼmi 45,200 kishini sigʻdirgan boʻlsa, 2010 va 2013-yilgi tamirlashlardan soʻng, stadionning sigʻimi 72,788 kishiga kengaytirildi va Marakana stadionidan keyin, Braziliyaning eng katta ikkinchi hamda Janubiy Amerikaning eng katta stadionlaridan biriga aylandi.
Mané Garrincha | |
---|---|
Stadionning tashqi koʻrinishi | |
Joyi |
SRPN Estádio Nacional Mané Garrincha Brazilia, DF, Braziliya |
Qachon ochilgan | 10-mart, 1974 |
Qachon taʼmirlangan | 15-iyun, 2013 |
Egasi | Terracap – Agência de Desenvolvimento do Distrito Federal |
Yuzasi | Chim |
Hajmi | 69,349[1] |
Maydon egalari | |
Brasília FC Legião FC FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2013 FIFA Jahon chempionati 2014 Yozgi olimpiada oʻyinlari 2016 Yozgi universiada oʻyinlari 2019 |
Stadion qayta tamirlangan, eng oxirgi tamirlash ishlari 2013-yilning 18-mayida yakunlandi, undan soʻng stadion futbol boʻyicha 2013-yilgi konfederatsiyalar kubogi hamda 2014-yilgi jahon chempionatlariga mezbonlik qildi. Stadion loyihasi muallifi Ícaro de Castro Mello. Stadion loyihasi jaʼmi 900 million AQSh dollariga tushdi, original budjeti 300 million AQSh dollariga ega boʻlib Angliyaning Wembley stadionidan keyin dunyoning ikkinchi eng qimmatbaho stadioniga aylandi.[3]
Mané Garrincha milliy stadioni egalari Federal okrugning sport, jismoniy tarbiya hamda turizm vazirliklari hisoblanadi. Stadion nomi mashhur Braziliyalik futbol afsonasi, 1958 va 1962-yilgi futbol boʻyicha jahon chempioni boʻlgan Mané Garrincha nomiga qoʻyilgan.
Tarixi
tahrirMané Garrincha milliy stadioni 1974-yili toʻliq qurib bitkazilgan. Stadion tahminan Garrinchaning 40 yoshga toʻlishi arafasida qurib bitkazilgan. Ilk oʻyin oʻsha yilning 10-martida Corinthians va CEUB klublari oʻrtasida boʻlib oʻtgan, uchrashuv 2-1 hisobida yakunlangan. Stadionda urilgan ilk gol Corinthians klubi futbolchisi Vaguinho tomonidan kiritilgan.
1996-yilning 2-martida, stadion Braziliyaning mashhur qoʻshiqchi yulduzi guruhi Mamonas Assassinasning eng oxirgi konsertini qabul qilgan, oʻshandan keyin ushbu guruh avia halokatga uchrab guruh aʼzolari barchasi halok boʻlgan edi.
1998-yil 20-dekabrda stadionga rekord darajadagi eng koʻp 51,200 kishi kiradi, oʻshanda 1998-yilgi Braziliyaning B seriyasida Gama klubi Londrina klubini 3-0 hisobida magʻlub qilgan edi, natijada, Gama klubi ilk sovrinini qoʻlga kiritib 1999-yilgi Braziliya A seriyasiga yoʻllanma olgan edi.[4]
2007-yilning 8-dekabrida Braziliyaning ayollar futbol kubogi finali boʻlib oʻtadi, oʻsha uchrashuvda Mato Grosso do Sul/Saad klubi gʻolib boʻladi.[5]
Stadion qayta ochilganidan keyin 2013-yil 15-iyunida Konfederatsiyalar kubogi musobaqasida Braziliya Yaponiya terma jamoasini 3-0 hisobida magʻlub qiladi.
Stadionning 2006-yildagi holati | Stadionning qurilish jarayoni | Stadionning qayta tamirdan keyingi holati | Shveysariya va Ekvador oʻyini oldidan |
FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2013
tahrirSana | Vaqt (UTC-03) | Jamoa #1 | Natija | Jamoa #2 | Round | Tomoshabin |
---|---|---|---|---|---|---|
15-iyun, 2013 | 16:00 | Braziliya | 3–0 | Yaponiya | A guruhi | 67,423 |
FIFA Jahon chempionati 2014
tahrirSana | Vaqt (UTC-03) | Jamoa #1 | Natija | Jamoa #2 | Round | Tomoshabin |
---|---|---|---|---|---|---|
15-iyun, 2014 | 13:00 | Shveysariya | 2–1 | Ekvador | E guruhi | 68,351 |
19-iyun, 2014 | 13:00 | Kolumbiya | 2–1 | Kot-dʼIvuar | C guruhi | 68,748 |
23-iyun, 2014 | 17:00 | Kamerun | 1–4 | Braziliya | A guruhi | 69,112 |
26-iyun, 2014 | 13:00 | Portugaliya | 2–1 | Gana | G guruhi | 67,540 |
30-iyun, 2014 | 13:00 | Fransiya | 2–0 | Nigeriya | Nimchorak final | 67,882 |
5-iyul, 2014 | 13:00 | Argentina | 1–0 | Belgiya | Chorak final | 68,551 |
12-iyul, 2014 | 17:00 | Braziliya | 0–3 | Niderlandiya | 3-oʻrin uchun | 68,034 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Copa do Mundo da FIFA 2014“ (Portugalcha). 2014-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-aprel, 2014. (Wayback Machine saytida 2014-10-30 sanasida arxivlangan)
- ↑ http://www.superesportes.com.br/app/19,156/2013/04/05/noticia_copa_do_mundo,43487/gdf-divulga-nota-dizendo-que-estadio-nacional-ainda-se-chama-mane-garrincha.shtml
- ↑ „Five sad and shocking facts about World Cup corruption in Brazil“. Washington Post (12-may). Qaraldi: 12-may.
- ↑ „O Mané Garrincha – O palco da Copa em Brasília“ (Portugalcha). copa2014.turismo.gov.br. Qaraldi: 28-aprel, 2013.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Nos pênaltis, MS/Saad conquista primeiro título da competição“. Gazeta Esportiva. 2008-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-dekabr 2007-yil.
Havolalar
tahrir- Rasmiy veb-sayt (Wayback Machine saytida 2013-03-11 sanasida arxivlangan)
- Templos do Futebol