Mang‘it oyim madrasasi Mavlona Sharif guzarida, 5 hujradan iborat bo‘lgan. Ushbu xonimning tarixiy shaxsiga aniqlik kiritilmagan.

Mang‘it oyim madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Tarixi tahrir

Mazkur guzarda Kampir madrasasi, Kattaxoja madrasasi va Mavlona Sharif sarmozori hujralari bo‘lgan va ularning barchasi ko‘p jihatdan bir-biriga juda o‘xshagan. Ammo bitta emasligi ham aniq. Afsuski, bu kichik madrasalar hozir buzilib ketgan. Mang‘it oyim va Kampir madrasasining oqibatda bitta bo‘lib chiqishi ham ehtimoldan xoli emas. Qozikalon Mir Badriddin arznomasida Mang‘it oyim madrasasi mudarrisi mulla G‘ulom Muhammadning bo‘sh qolgan o‘rniga Farmonqul masjidi hujralari mudarrisi mulla Javonmard o‘tkazilayotganini maʼlum qiladi. Maoshi 6 tilla. XX asr boshlarida Mang‘it oyim madrasasida mulla Pochchaxoja mudarrislik qilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 327.