Manganit (lot. manganum — marganets nomidan) — gidroksidlar kichik sinfiga mansub mineral, Mp2O3N2O. Monoklin singoniyada kristallanadi. Kristallik sturukturasi — zanjirsimon. Qora yoki toʻq kulrang, oqiq zich massa. Qattiqligi 3,5 — 4,0, zichligi 4,3—4,4 g/sm3. Yaltiroqligi yarim metallsimon. Gidrotermal tomirlarda koʻpgina druzlar, choʻtkalar hosil qilgan, lekin choʻkindi konlarda Mp, odatda, agregat holida uchraydi. Kr-vushqrqligi mukammal. Kelib chiqishi choʻkindi yosh gidrotermal. Choʻkindi konlarda pirolyuzit va rodoxrozit fa-siyalari oraligʻida hosil boʻladi. Koʻpincha, tomirli tanalar barit, siderit kabilar bilan, shuningdek qoldiq gillar baʼzi issiq buloqlar yotqiziqlarida uchraydi. Marganetsning asosiy rudasi. Oʻzbekistonda M. marganets konlarida, xorijda — Rossiya, Ozarbayjon, Avstraliya va boshqa joylarda uchraydi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil