Manipulyator - 1) mashinasozlikda zagotovka yoki buyumning vaziyatini oʻzgartirib turish bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha operatsiyalarni bajarish uchun muljallangan mashina yoki qurilma. Asosan shtativlar, richag va tutqichlardan iborat. Prokatlash, bolgʻalash, presslash va payvandlash ishlarida koʻproq qoʻllanadi; 2) ishlash qiyin va xavfli joylarda odam kuli bilan qilinadigan operatsiyalarni bajarish uchun muljallangan moslama, qurilmalar va mashina (sanoat roboti). Suv ostida bajariladigan tadqiqotlarda (qarangGidrostat), kimyo lab.larida yadro reaktorlarida (xavfli radioaktiv moddalar bilan ishlashda) qoʻllanadi (rayem); 3) geologiyada burgilash agregatining asosiy mexanizmi. Uning yordamida burgilovchi bo-lgʻali avtomatik uzatkich zarur yoʻnalishlarda uzatib turiladi (yana q. Mikromanipulyator) .[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil