Manqalanish — burun boʻshligʻi rezanator faoliyatining buzilganligi sababli ovoz jarangdorligining oʻzgarishi va nutq tovushlarini buzib aytish. M.ning yopiq va ochiq xillari farqlanadi.

Yopiq M. surunkali tumov, burunda poliplar, adenoidlar va boshqa borligidan burundan nafas olib boʻlmaganda yoki nafas olish qiyinlashganda roʻy beradi. Bunda burun tovushlari "M" va "N"ni aytish qiyinlashib, ular "b" va "d" boʻlib eshitiladi (mas, "amma" oʻrniga "abba", "naʼma" oʻrniga "daʼba"). Ovoz boʻgʻilib chiqadi. Qattiq va yum-shoq tanglayda anatomik nuqsonlar boʻlganda ochiq M. kuzatiladi. Bunda nutq tovushlarini aytishda havoning bir qismi burun boʻshligʻiga kirib, ovoz manqalanib chiqadi, nutq esa tushunarsiz boʻladi. M.ga tugʻma yoki orttirilgan anatomik nuqsonlar sabab boʻlishi mumkin. Yopiq va ochiq M., koʻpincha, anatomik nuqsonlar boʻlmaganda ham roʻy beradi; bu funksional M. deyiladi. Davosi M.ning ikkala xilida ham burun-xal-qumdagi toʻsiq, shuningdek, anatomik nuqsonlar bartaraf etiladi. Bemor logopedik mashgʻulotlar yordamida tuzalib ketadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil