Manqaldon, manqal — koʻchma metall oʻchoq; asosan, bronza va chuyandan tayyorlangan roʻzgʻor buyumi. Oyoqli va oyoqsiz, dastali va dastasiz qilib, dumaloq va serqirra (4, 8, 12 qirrali) shaklda ishlangan. M.ning qirrasi qancha boʻlsa, oyoqlari ham shuncha boʻlgan. M.ning devor qismi shabaka usulida panjarali, oʻyma naqshlar bilan bezatilgan. Yerga mahkamlanadigan turi uchun bino asosidan murabba shaklli chuqur joy tayyorlanib, unga M. oʻrnatilgan. 19—20-asrlarda saroy, turar joylarda xonalarni isitishda keng foydalanilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil