Mansabdor shaxs ustidan shikoyat
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mansabdor shaxs ustidan shikoyat – fuqarolarning oʻz buzilgan huquq va erkinliklarini tiklab olishni talab qilib yuqori organ yoxud mansabdor shaxs yoki sudga murojaat qilish huquqi. Bunday huquq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan (44modda). Bu konstitutsiyaviy normaning rivoji sifatida „Fuqarolarning huquklari va erkinliklarini buzadigan xattiharakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida“ (1995-yil 30 avgust) va „Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida“ (2002-yil dekabr) qonunlar qabul qilingan. Qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga, mansabdor shaxslarga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilishlari mumkin. Xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlariga qonunga muvofiq murojaat qiladilar. Tobelik tartibida yuqori turuvchi organ, mansabdor shaxs shikoyatni 1 oylik muddatda koʻrib chiqishi shart. Agar fuqaroning shikoyatini qanoatlantirish rad qilingan yoki fuqaro 1 oy muddat mobaynida oʻz shikoyatiga javob olmagan boʻlsa, u sudga murojaat qilishga haqli. Shikoyatni fuqaro yoki uning vakili, shuningdek, fuqaroning iltimosiga koʻra, jamoat birlashmasining, mehnat jamoasining vakolatli vakili berishi mumkin. Shikoyat fuqaroning xohishiga qarab u yashaydigan joydagi sudga yoki davlat organi joylashgan yerdagi yoxud mansabdor shaxsning ish joyi hududidagi sudga beriladi. Harbiy xizmatchilar oʻzlarining huquq va erkinliklarini buzayotgan harbiy boshqaruv organlari va harbiy mansabdor shaxslarning xattiharakatlari ustidan shikoyat bilan harbiy sudga, shuningdek, yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga murojaat qilishga haqli.
Mirzayusuf Rustamboyev[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |