Manselkya — Finlandiyaning shim. va sharqiy qismlaridagi hamda qisman Norvegiyaning shim. va RF (Kareliya)ning garbiy qismidagi qirlar. Uzunligi 750 km, eni 75 km gacha. Qad. kristalli jinslardan tarkib topgan. M.ning oʻrtacha balandligi 300–400 m. Eng baland joyi — Sokusti togʻi (718 m). M.da botqoqli joylar va koʻl koʻp. Botqoq-tundra oʻsimliklari bilan qoplangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil