Manshuk Mametova
Sovet Ittifoqi Qahramoni
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
Manshuk Jiengaliovna Mametova (haqiqiy ismi Mansiya) — (1922-yil, Ural viloyati, Bokey oʻrdasi tumani — 1943-yil 16-oktabr) — qozoq xalqining qahramon qizi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1944).
Manshuk Mametova | |
---|---|
Asl ismi | qozoqcha: Мәншүк Мәметова |
Taxallus(lar)i | Monshagʻim |
Tavalludi |
1922-yil 18-noyabr Jiekqum qishlogʻi, Qirgʻiziston ASSR, RSFSR; zamonaviy Qozogʻiston, Ural gubernatorligi, Bukeyorda tumani |
Vafoti |
1943-yil 16-oktabr Nevel, Kalinin viloyati, RSFSR, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Qoʻshin turlari | miltiqchilar (piyodalar) |
Xizmatdagi yillari | 1942-1943 |
Unvoni | Katta serjant |
Harbiy qism | 100-piyodalar brigadasi |
Qoʻmondonlik qilgan | Pulemyotchi |
Jang/urush | Ulugʻ Vatan urushi |
Mukofotlari | Sovet Ittifoqi Qahramoni |
Bilimi | S.J.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti |
Otasi | Jiyengʻali Mametov |
Onasi | Amina Mametova |
Bolalik chogʻi
tahrir- Uning haqiqiy ismi Mansiya. Onasi uni erkalab Moʻnchogʻim deb atagani uchun, Mansiyaning unga tili kelmay oʻzini Manshuk deb atagan. Bayuli qabilasi Sherkesh urugʻidan kelib chiqqan[1][2].
Manshukning otasi — Jiengali Mametov. Ammo Jiengalining ukasi Axmet Mametovning farzandi yoʻqligi sababli, 1925-yilda Manshuk uning qaramogʻiga oʻtgan.
- Ahmet Saratovda o‘qiyotganligi uchun Manshukni o‘zi bilan olib boradi. Tez orada notinch davr boshlanadi va Ahmet bir necha yil davomida akasi bilan muloqot qila olmaydi. Keyin 1931-yilda Olmaotaga kelgandan soʻng, yil oxirida akasi Jiengali ochlikdan vafot etganini eshitadi. Ahmet Mametov Qozogʻistondan chiqqan ilik shifokorlardan biri boʻlib, u Alashordashi, Beimbet Mailin, Qudaybergen Jubanovlar bilan yaqin aloqada boʻlgan. Shuning uchun 1938-yil yanvar oyida himisga olingan.
- Ahmetning rafiqasi Amina Mametova — Abulxayrxon avlodidan. Bobosi mulla, otasi el-yurt hurmatini qozongan odam boʻlgan, oʻzi podsho davrida ayollar gimnaziyasida o‘qigan, Saratovda aspiranturani tamomlagan, yurtga kelgandan keyin adabiyot o‘qituvchisi bo‘lgan, oʻsha davr gazetalari uchun tanqidiy maqolalar yozgan.
Biografiyasi
tahrir- Buyuk jahon urushi boshlanganda Manshuk Olmaota tibbiyot institutida oʻqiyotgan edi.
- 1942-yil Avgust oyida u ixtiyoriy ravishda Qizil armiya safiga qoʻshildi va 21-pulemyotchilar diviziyasi tarkibida jangda qatnashdi.
- Katta serjant, pulemyotchi Manshuk o‘z guruhida janglarda o‘zining merganligi va jasorati bilan ajralib turdi. Nevel shahri uchun boʻlgan hal qiluvchi jangda Manshuk soʻnggi nafasi qolguncha pulemyotdan oʻq yogʻdirib, qahramonlarcha halok boʻldi.
Xotirasi
tahrir- Pavlodar viloyati kolxozchilari Qahramon qiz sharafiga Manshuk nomidagi tank kolonnasini qurish uchun mablag‘ yig‘ishdi.
- Tug‘ilgan joyida unga haykal o‘rnatilgan.
- Nevel, Olmaota, Ural va boshqa shaharlarda Manshuk nomidagi koʻchalar bor.
- Respublikadagi oʻnlab maktablar, Qiziloʻrda qizlar pedagogika bilim yurti Manshuk nomi bilan atalgan.
- Qahramon qizning hayoti va oʻchmas jasorati haqida „Manshuk haqida qoʻshiq“ (muallif — A. Mixalkov-Konchalovskiy, rejissyori M. Begalin) badiiy filmi suratga olindi.[3][4][5]
-
Qozogʻiston pochta markasi.
-
Qozogʻiston pochta markasi.
Manbalar
tahrir- ↑ „arxiv nusxasi“. 2020-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
- ↑ https://azh.kz/kz/news/view/3263
- ↑ Batis Qazaqstan oblisi. Ensiklopediya. — Almati: „Aris“ baspasi, 2002 jil. ISBN 9965-607-02-8
- ↑ Qaragʻandi. Qaragʻandi oblisi: Ensiklopediya. — Almati: Atamұra, 2006. ІSBN 9965-34-515-5
- ↑ Algʻashqi qarligʻashtar — Almati: Qazaq universitetі, 2010. ISBN 9965-29-496-8
Havolalar
tahrir- Manshuk Jiengalievna Mametova. Sayt „Geroi strani“.
- Dom-muzey Geroya Sovetskogo Soyuza Manshuk Mametovoy. (nedostupnaya ssilka s 25-05-2013 [3602 dnya] — istoriya, kopiya) (g. Uralsk).
- Razgovor s Manshuk.
- Klassniy chas o Manshuk Mametovoy.