Mansur bin Ammor
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mansur bin Ammor — hukamo va ulamo[1], “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi[2][3]. Kunyasi – Abussariy. Marv yoki Bovard shahridan ekanligi haqida ixtilof bor. Xuroson va Iroqda mashhur[1].
Mansur bin Ammor haqida “Tabaqot us-soʻfiya”, “Hulyat ul-avliyo”, “Risolat al-Qushayriya”, “Kashf ul-mahjub”, “Al-Fehrist”, “Tazkirat ul-avliyo”, “Taʼrixi guzida”, “Tabaqot ul-avliyo”, “Nafahot ul-uns” kitoblarida qaydlar mavjud. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[2][3].
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirVikiiqtibosda Mansur bin Ammorga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |