Mansur Ibn Nuh Ii, Abul Horis (? — 999) — somoniylaraan boʻlgan Movarounnahr hukmdori (997—999). Uning davrida mamlakatda parokandalik, ichki nizolar (Mansur bilan lashkarboshilar oʻrtasida) tashqi xavf (qoraxoniylarning xujumlari) kuchaygan. Ayniqsa, qoraxoniylar tomoniga oʻtgan xoin lashkarboshilardan Foyiq saroyga nisbatan uyushtirgan fitnalarda faol qatnashadi. 999 yil fevralda Foyiq turk gʻulomlariga suyangan holda Mansurni taxtdan agʻdarib, koʻzini koʻr qiladi. Bu kuchsizlanib qolgan somoniylar sulolasiga payt poylab berilgan kuchli zarba edi. Shu yili Movaro-unnahr qoraxoniylar tomonidan egallangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil