Mansurjon Nosirovich Murodov (1955.28.10, Toshkent) — ganchkor, Oʻzbekiston xalqustasi (2001). Toshkent shahar 63kasb-hunar texnika bilim yurtining ganchkorlik boʻlimini tugatgan (1974). 1974-yildan "Us to" birlashmasi (usta Mahmud Usmonov guruhi)da ganchkor usta; 1985-yildan oʻzi tuzgan ganchkorlik guruhiga rahbar; 1997-yildan "Us t azoda" birlashmasida ganchkorlar ijodiy guruhiga rahbarlik qiladi. 1985-yildan boshlab Oʻzbekistonda, jumladan, Temuriylar tarixi davlat muzeyi (1995), Yunusobod tennis korti (1997), Oqsaroy (1999), Shahidlar xotirasi muzeyi (2002), Oʻzbek milliy akademik drama teatri (2002) va boshqa; shuningdek, Malayziya, Germaniya, Qozogʻiston kabi mamlakatlarda jamoat va davlat binolari interyerlarini ganchkorlik bezaklari bilan ziynatladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "MURODOV Mansurjon Nosirovich" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil