Dilshod Mansurov
(Mansurov Dilshod Ismatovichdan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Dilshod Ismatovich Mansurov (1983.12.12, Toshkent viloyati, Keles shahri) — erkin kurashchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi. „Oʻzbekiston iftixori“ (2001). Mansurov 9 yoshidan boshlab Nurlan Jaqsilikov murabbiyligida erkin kurash bilan shugʻullanadi. Toshkent iqtisodiyot universiteti talabasi (2003). Butunjahon oʻsmirlar oʻyinlari gʻolibi (1998, Moskva), yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni (2001, Dexli), ikki karra jahon chempioni (2000, Nansi; 2001, Toshkent). 55 kg vazn toifasida Osiyo chempioni oltin medalini qoʻlga kiritdi (2002, Pusan)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |