Mantiqiy xatolar — muhokama yuritish jarayonida mantiq qonunlari va qoidalarining buzilishi yoki ularga amal qilmaslik natijasida vujudga keluvchi notoʻgʻri fikrlar. Quyidagilar Mantiqiy xatolarning kelib chiqishiga sabab boʻladi: a) toʻgʻri tafakkur yuritishga xos asosiy krnunlarning (ayniyat, ziddiyat, yetarli asos, uchinchisi istisno krnunlari) talablari bajarilmasligi; b) tushunchalarning notoʻgʻri taʼriflanishi; c) xulosa chiqarish qoidalarining buzilishi. Mantiq ilmida isbotlash va rad etish qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq Mantiqiy xatolar alohida oʻrganiladi. Bu xatolar 3 turga boʻlinadi: 1) tezisga; 2) asosga; 3) isbotlash usuliga aloqador boʻlgan xatoliklar. Tezisga taallukli xatoliklar „tezisni almashtirish“ deb ataladi. Asosga taallukli xatoliklar „xato fikrlarga chin deb asoslanish“, „asoslarni avvaldan taxminlash“ bilan bogʻliq. Isbotlash usuli bilan bogʻliq xatolik tezisga aloqador boʻlmagan dalillar asoslanilganda, xulosa chiqarish qoidalari buzilganda vujudga keladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil